Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 8-sinf oʻquvchisi Aslbek Rozumbayev 2011-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan.


Aslbek Osiyo chempionati kumush medali sohibi, O‘zbekiston chempionati g‘olibi hamda O‘zbekiston kubogi va xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi

Maʼlumot oʻrnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2024-уil 22-iyuldagi PF-94-son Farmoniga koʻra Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazilib, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul tartibi, takomillashtirilgan o‘quv rejalari, shtatlar jadvali ishlab chiqildi hamda Boks maktabining 5-6 va 9-10-sinflariga qabul kvotalari belgilandi.

Joriy yilning 7-25-avgust kunlari ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni amalga oshirildi.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilib, jami 1 245 ta ariza kelib tushdi.

Kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etilib, talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik, psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha sinovlardan oʻtdi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 96 nafar oʻquvchi Boks maktabiga qabul qilindi.

Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan sport maktabida 5-10-sinflar kesimida 140 nafar oʻquvchi (shundan 12 nafari qiz bola) boks mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy taʼlim standartlari asosida bilim olmoqda. Jami 8 nafar rahbar, 13 nafar pedagog va 7 nafar murabbiy xodimlar faoliyat olib borishmoqda.

Joriy yilda ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari boks bo‘yicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 2 ta kumush, 1 ta bronza, Oʻzbekiston chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza Oʻzbekiston kubogida 2 ta oltin, 3 ta kumush, 11 ta bronza, Xalqaro turnirlarda 13 ta oltin, 5 ta kumush, 11 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
"Hech qachon unutmaylik: tabiatni asrash – bu insonni, kelajakni asrash demakdir. Bebaho boyligimiz bo‘lgan serhosil dalalarimiz, zilol buloqlarimiz, daryo va ko‘llarimiz, tog‘ va adirlarimizni asrab, bog‘-u rog‘lar, yashil maskanlarni ko‘paytirsak, O‘zbekistonimiz yana-da go‘zal diyorga aylanadi, avlodlarga bizdan ozod va obod Vatan qoladi." Sh.M.Mirziyoyev


📌Xabaringiz bor: kirib kelayotgan 2025-yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Termiz shahridagi Prezident maktabida o'quvchilarimizda Ona Yerga muhabbat, uning kelajagiga daxldorlik hissini shakllantirish maqsadida 5-sinflar o'rtasida "Men Yerman..." monologi asosida tayyorlangan tadbir bo'lib o'tdi.

📎Ushbu tadbir orqali o‘quvchilarimizning nafaqat tabiatga nisbatan munosabatini, qolaversa, nutq madaniyati, sahna odobi va odamlar oldida o‘z qarashlarini bildira olish ko‘nikmalarini ham shakllantirishga e'tibor berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏6👍1💯1
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qizlar_olimpiadasi
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Joriy yilning 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning oʻquvchi qizlari o‘rtasida matematika fani olimpiadasining hududiy (Surxondaryo viloyati) bosqichida Termiz shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Xo‘shboqova Hosila faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda Agentlik bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

💐O‘quvchimizni ushbu faxrli natijasi bilan tabriklab, olimpiadaning keyingi bosqichida ham muvafaqqiyat tilaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍22🔥84👏3🤩3
“Jadidlar izidan” Respublika tanlovi g‘oliblari xorijga ta’lim sayohatiga yuboriladi

Xabaringiz bor, vazirlik tomonidan ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etilgan.

Bugun butun Respublikadan saralab olingan tanlov ishtirokchilari poytaxtdagi “Turkistonga maktub” Jadidlar ko‘rgazmasida bo‘lishdi.

So‘ngra Maktabgacha va maktab ta’imi vaziri Hilola Umarova o‘quvchilar bilan uchrashib, ularni tanlovning Respublika bosqichidagi ishtiroki bilan qutladi va so‘nggi bosqichda omad tiladi.

📍 Eslatib o‘tamiz, 18-20-dekabr kunlari tanlovning Respublika bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.


⚡️ Tanlovning Respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯1