Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.01K subscribers
7.28K photos
525 videos
6 files
2.06K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️⚡️Aziz yurtdoshlar! Sizlarni Termiz shahridagi
Prezident maktabida bo‘lib o‘tadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etamiz.

Ochiq eshiklar kunida siz:
Maktab hayoti;
Dars jarayonlari;
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🗓 28-aprel
14:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Termiz shahar, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 34b-uy

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun
:
@TermizPM_ochiq_eshiklar_bot
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 27-aprel, 22:00 gacha

4-sinfni bitiruvchi o‘quvchilarni maktabimizda kutib qolamiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩61👍1🔥1
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️O‘quvchilarimizdan navbatdagi g‘alaba!

UAMO-2025: 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasi

Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tayotgan UAMO-2025 — 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasida Termiz shahridagi
Prezident maktabi o‘quvchilari munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egalladi.

🥇Isroilov Samariddin — oltin medal;
🥈Zokirov Feruzbek — kumush medal;
🥉Isroilov Mehriddin — bronza medalni
qo‘lga kiritdi.

🥉Shuningdek, o‘quvchimiz Isroilov Samariddin TIMO 2025 olimpiadasida ham bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, UAMO olimpiadasi har yili Antalya shahrida joylashgan Akdeniz universitetining malakali professorlari tomonidan tashkil etiladi va Turkiya Ta’lim vazirligi tomonidan tan olingan. Ushbu olimpiada 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida turk va ingliz tillarida o‘tkaziladi.

O‘quvchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
🔥25🤩4👍2
#ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

🖇Tashrif buyuruvchilarga viloyatimizda yagona bo‘lgan
Prezident maktabidagi oʻqitish tizimi va metodikasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar, turli xildagi koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) namoyish etildi.

🔗Bundan tashqari, o‘quv va laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥142👍2👏1
#tibbiy_koʻrik
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabi navbatdagi rejali tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🩺O‘quvchilar o‘rtasida kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli kasalliklarning oldini olish maqsadida Termiz shahar tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan maktabimiz o‘quvchilari navbatdagi rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

📌Tibbiy ko‘rik asnosida tibbiyot xodimlari o‘quvchilarga sanitariya va gigiyena qoidalariga hamda to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga amal qilishlari kerakligini ham alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍17🤩6🔥2
#amaliyot_ekskursiya
#Prezident_maktabi
#IT_PARK

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi Prezident maktabining 10-11-sinf o‘quvchilari Termiz shahrida yangi ishga tushirilgan, barcha zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan “IT-Park”ga tashrif buyurdi.

🖇Tashrif davomida o‘quvchilar u yerda yaratilgan imkoniyatlar va resurslar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩8🔥5👍3
#amaliyot_tibbiyot
#Prezident_maktabi

📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida amaliyot o‘tashmoqda.

🔗Amaliyot davomida o‘quvchilar turli xil yo‘nalishdagi malakali shifokorlardan bilim va tajriba o‘rganishmoqda. Tashkil etilayotgan mazkur amaliyot o‘quvchilarga tibbiyot sohasidagi yo‘nalishlar haqida ko‘proq ma’lumot olishga imkon yaratdi va ularga o‘zlariga ma’qul bo‘lgan kasbni tanlashlari uchun yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilar kasalxona qoidalari va shifokorlar hayoti haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10👏3
#ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

📌Bu yil maktabimizda “Ochiq eshiklar” kuni yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida 3 kun: 28-aprel, 4- va 18-may kunlari tashkil etildi.

🖇“Ochiq eshiklar” kunida
tashrif buyuruvchilar Prezident maktabidagi oʻqitish tizimi va metodikasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar, turli xildagi koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) bilan yaqindan tanishdilar.

🔗Bundan tashqari,
Prezident maktabi xodimlari tomonidan bolalar va ularning hamrohlari o‘quv va laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏10👍6🔥2
#futbol #direktor_kubogi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🏆Termiz shahridagi
Prezident maktabida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasiga start berildi.

⚽️Musobaqa 5-6-sinflar hamda 7-8-sinflar kesimida tashkil qilingan bo‘lib, “Blue” hamda “Green” sinflar qur’a tashlash yo‘li bilan o‘zaro bellashmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍144🤩4🔥3
#oʻquvchilar_farovonligi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

📌Prezident maktabi Konstitutsiyasining “Muhofaza qilish va farovonlik” siyosatiga muvofiq Termiz shahridagi Prezident maktabida “Muhofaza qilish va farovonlik” qo‘mitasi ishga tushirildi.

🔗Mazkur qo‘mita o‘quvchilar xavfsizligi hamda farovonligini ta’minlash bo‘yicha maxsus kurslarni tamomlagan maktab rahbarlari, xodimlari va o‘quvchilardan tashkil topgan bo‘lib, ular har doim o‘quvchilarimiz va xodimlarimizga yordam berishga tayyor.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarni himoya qiladi hamda ularning farovonligini ta’minlaydi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

📢Hurmatli vohadoshlar, aziz ota-onalar!

❗️Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

📝Yangi oʻquv yilida Termiz shahridagi Prezident maktabiga 5-sinfga hamda boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan 9- va 10-sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi.

🎥 Yuqoridagi videolavha orqali qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

👉Bizni kuzatishda davom eting: @pmtermiz

☎️Qabul boʻyicha murojaatlar uchun qisqa raqam - 1206

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11🤩9👍4🔥1💯1
#Vakant
#Prezident_maktabi

📣Hurmatli pedagoglar!

📌Termiz shahridagi
Prezident maktabi yuqori malakali, izlanuvchan va o‘z kasbiga fidoyi pedagoglarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qiladi.

🗒Termiz shahridagi
Prezident maktabida quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:
⏭️O‘qituvchilar:
Kimyo fani oʻqituvchisi;
Fizika fani oʻqituvchisi;
Science fani o‘qituvchisi;
Rus tili fani o‘qituvchisi;
Biologiya fani o‘qituvchisi.

⏭️Laborantlar:
Fizika (1 shtat);
Kimyo (1 shtat);
Robototexnika (0,5 shtat).

⏭️To‘garak rahbarlari:
Drama (0,25 shtat);
Dasturchilik (0,25 shtat);
SAT (0,25 shtat);
IELTS (0,25 shtat).

🗓Nomzodlar soʻralgan maʼlumotlarni quyidagi manzilga yuborishlari mumkin:
@TermizPMvakantbot

🔗Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

TermizPM_malaka_talablari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

📢Hurmatli vohadoshlar, aziz ota-onalar!

❗️Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

📝Yangi oʻquv yilida Termiz shahridagi Prezident maktabiga 5-sinfga hamda boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan 9- va 10-sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi.

🎥 Yuqoridagi videolavha orqali qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

👉Bizni kuzatishda davom eting: @pmtermiz

☎️Qabul boʻyicha murojaatlar uchun qisqa raqam - 1206

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍72
#3_kun_qoldi
#Qabul_2025
#Prezident_maktabi #Termiz_shahri

📢 Hurmatli ota-onalar, qadrli o‘quvchilar!

Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

☎️Qabul jarayonlari bo‘yicha qisqa 1206 hamda (55) 452-09-22 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Call-markaz har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.

🎥 ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma hamda my.gov.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

🗓Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar davom etadi.

Aziz o‘quvchilar!
Shoshiling!
Xalqaro maktabda xalqaro ta'lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3🔥2
#2_kun_qoldi

9
#oxirgi_kun
#Qabul_2025
#Prezident_maktabi #Termiz_shahri

📢 Hurmatli ota-onalar, qadrli o‘quvchilar!

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun arizalar qabulining oxirgi kuni. Qabul bugun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

☎️Qabul jarayonlari bo‘yicha qisqa 1206 hamda (55) 452-09-22 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Call-markaz har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.

🎥 ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma hamda my.gov.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Aziz o‘quvchilar!
Shoshiling!
Xalqaro maktabda xalqaro ta'lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchi_2025
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

🎓Bitiruvchi-2025

Termiz shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o‘quv yili yakuni munosabati bilan "Ilm — eng buyuk sharaf!" shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bayrami bo‘lib o‘tdi.

Bayram dasturidan bitiruvchilar qasamyodi, o‘qituvchilarning bitiruvchilarga tabrigi, taqdirlash marosimi hamda bir-biridan ajoyib badiiy sahna ko‘rinishlari joy oldi.

Bitiruvchi o‘quvchilarimiz o‘tgan davr mobaynida ularga ta'lim-tarbiya bergan ustozlariga ehtirom ko‘rsatib, buyuk ajdodlarga munosib avlodlar bo‘lishga va'da berdilar.

Maktab ma'muriyati tomonidan esa 2024-2025-o‘quv yilining eng yaxshilari taqdirlandi.

Ustozlar va boshqa xodimlar Prezident maktabida tahsil olib, ayni vaqtda katta hayot ostonasida turgan yigit va qizlarga iliq tilaklar bildirib, kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tadbir davomida namoyish etilgan badiiy sahna ko‘rinishlari hamda raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩17🔥139👍3
#ota_onalar_yigʻilishi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha “Taʼtil — mustaqil rivojlanish fursati!” mavzusida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.

📊Kun tartibidagi asosiy masala oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari boʻlib, har bir oʻquvchining fanlar kesimida yillik baholari mahalliy va xorijlik oʻqituvchilar hamda ota-onalar tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, o‘zlashtirishi sust bo‘lgan o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni munosib rag‘batlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

📜Yigʻilish soʻngida esa oʻtgan oʻquv yili davomida namunali xulqi va odobi, maktab hayotidagi faolligi, ayniqsa fanlarni yuqori baholarga oʻzlashtirib, barchaga oʻrnak boʻlib kelgan oʻquvchilarining ota-onalariga maktab maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥123👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_yigʻilishi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha “Taʼtil — mustaqil rivojlanish fursati!” mavzusida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishidan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥8👍3🤩21
#imtihon_2025
#Prezident_maktabi

🤩 PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5