Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.86K subscribers
7.35K photos
534 videos
7 files
2.1K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Jadidlar_izidan

“Biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz...” Sh.M.Mirziyoyev


Termiz shahridagi Prezident maktabida ertalabki saflanish vaqti o‘zgacha shukuhda boshlandi.

Maktabimiz jamoasi zo‘r kayfiyatda Davlat madhiyasini kuylagandan so‘ng “Jadidlar izidan” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirning guvohi bo‘ldilar.

Jadid bobolarimizning ibratli hayot yo‘li aks etgan taqdimot va o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan “Jadid bobolarga xiyonat qilma” she’ri tadbir ishtirokchilariga o‘tmishidan faxrlanish ruhini bag‘ishladi.

Ayniqsa, ustozlarimizning jadid bobolarimiz: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon bobolarimiz ko‘rinishlarini o‘zlarida aks ettirib, ularning hayot va ijod yo‘lidan o‘qib bergan she’r va monologlari tadbirning eng yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.


Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
👍16🔥2🤩1💯1
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga haftaning belgilangan kunlarida Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijlik oʻqituvchilari tomonidan dars oʻtiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2