Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
📣📣📣📣📣

⚡️ O'zbekiston terma jamoasi 26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika musoboqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

📝 Terma jamoamiz aʼzolari bilan tanishing.

Katta yoshlilar jamoasiga (Key Stage III):

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi.

Kichik yoshlilar jamoasiga (Key Stage II):
Amonov Mehmonbek Shavkatovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi;
Mamajanov Azizbek Raxmonali o‘g‘li - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktab, 8-sinf o'quvchisi;
Mahkamova Dildora Begimqul qizi - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchisi;
Ostonov Baxtiyor Botirovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchisi.

💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.


Uchrashuv avvalida O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda maktablarda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
#imtihon_natijalari_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piima_2024_natija_1_bot
🤖 @Piima_2024_natija_2_bot
🤖 @Piima_2024_natija_3_bot
🤖 @Piima_2024_natija_4_bot
🤖 @Piima_2024_natija_5_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA! Ertaga kunning ikkinchi yarmida hududlar kesimida ham ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari (ro’yxati) Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3💯32
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

📢PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONINING IKKINCHI BOSQICHIGA START BERILDI

Surxon sport majmuasida Termiz shahridagi Prezident maktabida oʻqish istagida boʻlgan hamda kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan 480 nafar oʻquvchilar 2-bosqich imtihonlarida ishtirok etishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida Prezident maktablariga kirish imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllaniladigan oʻquv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda imtihon natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ham ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Imtihonda ishtirok etayotgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍152