Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtiroki o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash #Teatr_festivali
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️Bugun nihoyasiga yetgan “Teatr - ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivalida Termiz shahridagi Prezident maktabining o‘quvchilar teatr jamoasi “Bebaho yoshlik” nomli spektaklni sahnalashtirdi.

📌Festivalning taqdirlash marosimida Termiz shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasi “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasini qo‘lga kiritib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy
treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube