Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.6K subscribers
7.2K photos
522 videos
6 files
2.05K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Абитуриентлар диққатига!

Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги "Янги Ўзбекистон" университети 2022-2023 ўқув йили учун қабул жараёнлари якунига оз қолди.

Университет сиз учун:
- 50%, 70% 100% гача грант ютиш;
- АҚШ, Германия ва Жанубий Корея каби давлатларда амалиёт ўташ;
- раҳбарлик лавозимига тайинланадиган истиқболли кадрлар рўйхатига кириш каби имкониятларни тақдим этади.

Ҳужжатлар 20 июнга қадар онлайн шаклда қабул қилинади.

👉 Ҳужжатларни https://admissions.newuu.uz/ сайти орқали топширишингиз мумкин.

Мурожаат учун: +998712024111

Барча маълумотларни университетнинг https://newuu.uz/ сайти орқали билиб олишингиз мумкин.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Videobayonot

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar necha bosqichda va qanday tarzda qanday o'tkazildi?

Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar bir bosqichda bo'lib o'tadi. Testlar davlat test markazi tomonidan tuzilib, o'quvchilarga qog'oz shaklida taqdim etiladi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o'quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o'rgatiladi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi aniq fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga esa kimyo, bilogiya va ingliz tili fanlari o'quvchilarni ikki guruhga bo'lgan holda tashkil etiladi.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 15-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Test_jarayonlari

🔰Xabar berganimizdek, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun barcha hududlarda test sinovlarining to'rtinchi kuni – unda tarix, tarbiya, musiqa madaniyati, tasviriy san'at va chizmachilik fani o‘qituvchilari qatnashmoqda.

📌Eslatib o‘tamiz, test jarayonlari fanlar kesimida 18-iyunga qadar davom etadi.
______
📷Fotolavhalarda Qarshi, Termiz va Namangan shaharlaridagi test jarayonlari.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinishi aytilgan edi. Ushbu qoidaga muvofiq barcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadimi yoki qandaydir cheklovlar ham mavjudmi?

Ushbu imtiyoz Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tasdiqlangan Xalqaro olimpiadalar, Mintaqaviy olimpiadalar hamda asosiy fan olimpiadalarining matematika, fizika, kimyo, biologiya, hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan viloyat bosqichida 1-2-3-o‘rinlarini egallagan 9-10-11-sinf o‘quvchilariga tatbiq etiladi.

📞Call-markaz raqami: 1206
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyat prokurori o'rinbosari Kulliyev Xolmatjon Mamarajapovich, Milliy Gvardiya Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Ahbo'tayev Zafar Baxtiyorovich, 87184- harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari Abdullayev Alisher Sayriddinovichlar ishtirokida o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

🔹Uchrashuv davomida o'quvchilar mehmonlarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlanishdi.

Savol-javoblarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga mehmonlar tomonidan yuzdan ortiq 📚 kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
#Yil_yakuni

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida o'quv yili yakuniga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

🔹Bayram tadbirida o'quvchilar tomonidan raqslar, kuy-qo'shiqlar, ko'ngilochar shartlar tashkil etildi.

🎉Yil davomida samarali faoliyat yuritgan ustozlar va o'zlarining o'qishlari, faolligi bilan ajralib turgan o'quvchilar nominatsiyalar bo'yicha esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

🔹Bayram so'ngida o'quvchilar uchun bayramona dasturxon tashkil etilib, muzqaymoq va shirinliklar ulashildi.

📸Bayram jarayonlaridan foto-lavhalar(1-qism).

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube