Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor
🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!
📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
✅ Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.
🎼 Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yongʻin_xavfsizligi_oyligi
#Termiz_shahri
⚡️Ayni kunlarda respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda. Jumladan, mahallalarda, korxona va tashkilotlar hamda ta'lim muassasalarida keng targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔗Shu munosabat bilan Termiz shahridagi Prezident maktabida ham o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
📎O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha qo‘riqlash boshqarmasi kichik serjanti Abdusattar Hasanov hamda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi inspektori, kapitan Sanjar Ochilovlar ishtirok etib, o‘quvchilarga ushbu bo‘linmalarning faoliyati, vazifalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, mashg‘ulot ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berib o‘tdilar.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil
PREZIDENT VA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi Prezident va ijod maktablarining 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, ZOOM platformasi orqali tizimdagi Prezident hamda ijod maktablarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qo‘shimcha kurslar va to‘garaklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, Prezident hamda ijod maktablarida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini o‘rnatish taʼkidlandi.
Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir Prezident hamda ijod maktabining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga Prezident hamda ijod maktablarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

#ishchi_guruh
#Surxondaryo
AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.
Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.
Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.
Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Agentlik rahbariyatining Surxondaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.