Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.89K subscribers
5.55K photos
440 videos
6 files
1.63K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi Prezident maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_mening_Konstitutsiyam
#Termiz_shahri

“Konstitutsiyam — yorug‘ istiqbolim garovi” shiori bilan boshlangan Konstitutsiya haftaligi siyosiy, ma’rifiy-badiiy kecha bilan davom etdi.

🇺🇿Davlat madhiyasi bilan boshlangan kechamiz huquqbuzarlik oqibati ochib berilgan sahna ko‘rinishi, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shiq, o‘zbek tili va qardosh tillarda yangragan she’rlar, dilrabo raqs, qomusimizda belgilab qo‘yilgan moddalarning mazmun-mohiyatlari, Konstitutsiyamiz normalari haqidagi qiziqarli she’riy viktorina, bitiruvchi yigitlarimiz tomonidan ijro etilgan Davlat ramzlari madh etilgan qo‘shiqlar hamda maktabimizni tamomlagan bitiruvchilarimizdan kelgan videotabriklarga ulanib ketdi.

⚡️Tadbirimizning eng qaynoq nuqtalaridan biri xorijlik hamkasbimiz bilan ijro qilingan Vatanimizni madh etuvchi qo‘shiq bo‘ldi. Hamkasbimizning o‘zbek tilida ravon qo‘shiq kuylab, tariximiz, tilimizga ko‘rsatgan hurmati ishtirokchilarning davomli olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_gʻoliblari

🤩 "BIR BAYROQ OSTIDA BIRLASHAMIZ" MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Bir bayroq ostida birlashamiz” mavzusida videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Tanlov 3 bosqichda:

1-bosqich – ta’lim muassasasi miqyosida,15-noyabrdan 20-noyabrga qadar;
2-bosqich – viloyat bo‘yicha (hududiy), 20-noyabrdan 22-noyabrga qadar;
3-bosqich – Respublika (Agentlik) miqyosida, 25-noyabrdan 1-dekabrga qadar oʻtkazildi.

Respublika bosqichi yakuniy natijalariga koʻra:

1-o‘rinni Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Xusan Ilxomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi;

2-o‘rinni Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Sarvar Suyunov;

3-o‘rinni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bexruz Abdusamatov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Daler Rahimov qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish hamda OAV, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga faol hissa qoʻshgani uchun Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi “Eng faol maktab” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

Tanlov gʻoliblari 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida "My dream house" mavzusida loyiha ishlari musobaqasi
o‘tkazildi

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik
tashkil etildi.

⏺️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "STEM +" musobaqasi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Munozara" klubi faoliyati
yo‘lga qo‘yildi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida "Geometrik shakllar bilan ishlash va ularni hisoblash" mavzusida loyihalar taqdimoti
o‘tkazildi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari kamondan o‘q otish mashg‘ulotlarida
qatnashdi.

⏺️Qarshi shahridagi Prezident maktabida "Konstitutsiya-kelajagim mash’ali" mavzusida davra suhbati
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida seminar-trening
tashkil etildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Puzzles and coding day" musobaqasi
o‘tkazildi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Kutubxona ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida seminar
tashkil etildi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabida koinot jismlari yoʻnalishida amaliy loyihalar taqdimoti
o‘tkazildi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari qisqa metrajli film
suratga oldi.

⏺️Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Navoiyxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Mumtoz so‘z sehri" bellashuvi
tashkil qilindi.

⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz" mavzusida rasmlar tanlovi
o‘tkazildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Yashil makon" doirasida eko-aksiya
tashkil etildi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Nukus shahridagi Chavandozlik maktabiga
ekskursiya qildi.

⏺️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos olim ishtirokida mahorat darsi
o‘tkazildi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovi
e’lon qilindi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Erkin Vohidov stipendiyasi - 2024” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi
o‘tkazildi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi “16-Xalqaro turkiy she’riyat bayrami” anjumani ishtirokchilarini
kutib oldi.

⏺️Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari Respublika bolalar kutubxonasiga
sayohat qildi.

⏺️Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida o‘quv amaliyoti
tashkil etildi.

⏺️Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Jaholatga qarshi - ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy uchrashuv
o‘tkazildi.

⏺️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Yaponiyaning nufuzli universitetlari vakillari
tashrif buyurdi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ijtimoiy-psixologik trening mashg‘ulotlari
o‘tkazildi.

⏺️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati
boʻlib oʻtdi.

⏺️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quv jamoasi hududdagi yangi baholash tizimiga o‘tgan umumta’lim maktablariga metodik
ko‘mak berdi.

⏺️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yosh kitobxon" tanlovi
o‘tkazildi.

⏺️Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari neft-gaz sanoati bilan
amaliy tanishdi.

⏺️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Ota-onalar bilan muloqot haftaligi"
tashkil etildi.

⏺️Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan seminar-treningda bitiruvchi sinf oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlari, ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil
maʼlumot oldi.

⏺️Qo‘rg‘ontepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi bilan onlayn
muloqot oʻtkazildi.

⏺️Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi premyerasi
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube