Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.89K subscribers
5.52K photos
440 videos
6 files
1.62K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#mehr_ulashing🤝

Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.

📌Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilish, ularning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat.

🤝Termiz shahridagi Prezident maktabida ham sana munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

🖇O‘tkazilgan davra suhbatida tarbiyachi pedagoglar hamda maktab hamshiralari inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lash, har bir fuqaro haqida e’tibor qaratish va g‘amxo‘rlik qilish, mehr-muruvvat, saxovat ko‘rsatish kabi olijanob xislatlarni har birimizda shakllantirish zarurligi haqida alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#anʼanaga_aylangan_tanlov
#Termiz_shahri

⚖️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “KONSTITUTSIYAM – PORLOQ HAYOTIM POYDEVORI” nomli ikki bosqichli tanlov bo‘lib o‘tdi.

📌Saralash bosqichidan har bir sinfdan eng yuqori natijaga erishgan 1 nafardan, jami 14 nafar o‘quvchilar so‘nggi bosqichga yo‘llanma oldilar.

📝“BLUE” va “GREEN” sinf o‘quvchilari final bosqichida turli huquqiy shartlarda kuch sinashdilar. Jumladan, bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan normalar asosida tuzilgan “Zakovat” o‘yini, O‘zbekistonda va jahonda qabul qilingan konstitutsiyalar tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, jadid bobolarimiz hayotidan lavhalar hamda qiziqarli taqdimotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, bilimlarini yanada oshirdi.

🏆“BLUE”larning “QOMUS” va “GREEN”larning “ADOLAT” jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz “JANG”da “Osmon yorqin yulduzi — O‘zbekiston qomusi” shiorini baland tutgan “QOMUS” jamoasi g‘alaba qozondi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Jonli_efir

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir Islom taraqqiyot banki, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

📍 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI

🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.

📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.

❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TIMSS_2023

TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?

Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.

2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.

8-sinf oʻquvchilari natijalari:

Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.

4-sinf oʻquvchilari natijalari:

Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.

❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).

Tabiiy fanlar yoʻnalishida
8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM