Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xalqaro_hamkorlik
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Solih Al-Gahra Al-Otaibi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida turli sohalarda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, soha doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida turli sohalarda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, soha doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston
AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.
Agentlikning Nukus shahridan ancha olis hududlarda joylashgan Ellikqalʼa, Beruniy hamda Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.
Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Agentlik rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#taqdirlash
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining bir qator iqtidorli o‘quvchilari taqdirlandi.
🎮Ertalabki saflanish vaqtida, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Robo-Coding” olimpiadasining maktab bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📝Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#sport_maktablari
TIZIMDAGI SPORT MAKTABLARI FAOLIYATI YAQINDAN OʻRGANILMOQDA
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘ldi.
Ishchi guruh tomonidan mazkur sport maktablarida o‘quvchi-sportchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashq jarayonlari tanqidiy-tahliliy o‘rganilib, mas’ullarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bugungi kunda Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabida 140 ta, Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabida 139 ta sportchi-o‘quvchi ta’lim olmoqda.
A.Ubbiyev mas’ullar bilan muloqotda yosh bokschi va gimnastikachilarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish, ayni jarayonga ilg‘or tajribalar, eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish lozimligini alohida ta’kidladi.
O‘rganish doirasida Agentlik direktori sportchi-o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning o‘quv-mashq jarayonlarini, ustoz-murabbiylari haqidagi fikrlari, kelgusidagi orzu-maqsadlari bilan qiziqdi.
Shuningdek, A.Ubbiyev yoshlar bilan muloqotda davlatimiz rahbari boshchiligida sport sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Vatanimiz jahonga ko‘plab sport yulduzlarini taqdim qilayotgani, Olimpiya o‘yinlaridagi shohsupalar, jahon chempionatlaridagi g‘alabalarning barchasi O‘zbekiston sportining yuksak salohiyatini namoyish etayotganini ta’kidlab, kelgusida sportchi-o‘quvchilarimiz yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishiga tilak bildirdi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.