Termiz shahridagi Prezident maktabi
3.89K subscribers
7.35K photos
534 videos
7 files
2.1K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#maktabimiz_3_yoshda
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabi 3 yoshda!


🏫Termiz shahridagi Prezident maktabi 2021-yil 1-noyabrda tashkil etilgan.

Maktab o‘z faoliyatini boshlaganiga 3 yil bo‘ldi. Shu qisqa vaqt ichida o‘quvchilar fan olimpiadalarida va turli tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi. Bitiruvchilarimiz bir qancha xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hamda respublikamizdagi nufuzli oliygohlarga o‘qishga qabul qilindi.

📌Maktabda zamonaviy metodlar va texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lib, yoshlarni innovatsion fikrlash va kreativlikka rag‘batlantirmoqda. Shu bilan birga, o‘qituvchilar jamoasi ham yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topgan. Barcha xodimlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashda, ularni har tomonlama yetuk, barkamol avlod sifatida tarbiyalashda katta hissa qo‘shmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining 3 yilligi munosabati bilan yubiley bayrami o'tkazildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20👍15🔥3👏2🤩2
#seminar_maslahatchilar
#Surxondaryo_viloyati

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari maslahatchilari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi


⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Asamov Azizbek tomonidan maktab maslahatchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

📎Surxondaryo viloyatidagi jami 17 ta: ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat olib borayotgan maktab maslahatchilarini va faol o‘quvchilarni jalb qilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar o‘tkazildi.

📌Shuningdek, seminarda Termiz shahridagi Prezident maktabining xalqaro toifadagi ingliz tili fani o‘qituvchisi Nyabere Samuel Choi hamda matematika fani o‘qituvchisi Soliman Mohamed Amrlar o‘quvchilarni xorijiy oliy ta'lim muassasalariga jalb qilish borasida kerakli tavsiya va maslahatlarini berib o‘tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥15👍92🤩2
#SAT
#Termiz_shahri

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida navbatdagi xalqaro SAT imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📝SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.


📌Eslatma, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.

Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍161🔥1