Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.87K subscribers
5.62K photos
443 videos
6 files
1.64K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Qaror_ijrosi_amalda
#Milliy_gvardiya #Prezident_maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari davom etmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining yuqori sinf o‘quvchilari va Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Tairov Akmal Baxramovich hamda Termiz shahar Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i, kapitan Davletov Baxtiyor Boxodirovichlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda, Termiz shahridagi Prezident maktabi ma’muriyatiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tashakkurnomasi hamda kitoblar to‘plami topshirildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_tayanchi

🎥Termiz shahridagi “Vatanparvar” xiyobonida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Surxondaryo viloyatida joylashgan 18 ta: Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakati aʼzolariga koʻkrak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova