Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.85K subscribers
5.9K photos
463 videos
6 files
1.7K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Musiqiy_kecha
#Prezident_maktabi

🎼Maktabimiz orkestr jamoasi repertuari boyimoqda.

📣Termiz shahridagi Prezident maktabida musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakili sifatida tashrif buyurgan Gabriel Abad Fernandez ham tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida o'quvchilarimiz jahon va milliy musiqa durdonalarini ijro etishdi.

Uzoq davom etgan kecha barchaga birdek manzur bo‘ldi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bizning_shunday_o‘qituvchilarmiz_bor
#Prezident_maktabi

🔆Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Isaqova Elvina Dilaverovna "Ustoz o‘qituvchi" sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📎Mazkur sertifikat umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta‘lim tashkilotlari pedagog kadrlarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini baholaydi hamda “Ustoz o‘qituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

📃Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va “Cambridge University Press and Assessment” o‘rtasida Kembrij kasbiy rivojlanish malakalarini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2022-yil 10-martda PDQ-22-sonli shartnomaga asosan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tashkil etilgan.


💐Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi ustozimizning ushbu yutuqlari bilan qutlaydi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.

📆 Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

📝Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.

🗣Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.

❗️“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.

⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.

🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.

❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.

E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.

⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Maktab direktorlarining Portsmutdagi kasbiy rivojlanish dasturlari davom etmoqda.

Loyiha doirasida ishtirokchilar bugun kunning birinchi qismida ishtirokchilar uchun moliyaviy savodxonlik va maktabning moliyaviy rejasini tuzishda maktab rahbariga lozim bo’lgan ko’nikmalarni rivojlantirish mavzusida treninglar bo’lib o’tdi.

Kunning ikkinchi qismida esa maktabda kasbiy rivojlanish va ta’lim sifatini oshirish uchun mentorlik tizimini joriy qilish muhimligi haqida so’z bordi.

🗣Unda maktab barcha ta’lim jarayonida bemalol ishtirok eta oladigan va teng darajada iqtidorlarini namoyon eta oladigan makon bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Ayni damda Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etayotgan maktab direktorlari faoliyatidan videolavha.

✔️Ishtirokchilar ushbu dastur davomida Park Community school faoliyati bilan tanishishdi va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar maktablarda ta'lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzularidagi seminar-treninglarda qatnashishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vakant
#Prezident_maktabi

📣Termiz shahridagi Prezident maktab biologiya va kimyo fani mutaxassisligi (laborant) bo‘yicha vakant e’lon qiladi.

➡️Imkoniyatlar:
🟢 “Cambridge University Press” nashriyoti (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan o'quv materiallari;
🟢 Kembrij xalqaro o'qitish tizimi;
🟢 Xalqaro tajribaga ega xorijlik o'qituvchilar (co-teaching);
🟢 Xorijlik mutaxassislar tomonidan haftalik malaka oshirish treninglari;
🟢 Ahil va professional jamoa;
🟢Malakaviy va shaxsiy rivojlanish;
🟢 Iqtidorli o’quvchilar;
🟢 Xalqaro konferensiya va treninglarda ishtirok etish va boshqa ko’plab imkoniyatlar.

➡️Talablar:
🟠IELTS, TOEFL yoki unga teng bo’lgan boshqa sertifikatlar (mavjud bo‘lsa ustunlik beradi);
🟠Pedagogik yo’nalishdagi diplom;
🟠Pedagogika sohasidagi ish tajribasi;
🟠Ijodkorlik (Creativity);

Murojaat uchun:
@Aziza1114

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube