Termiz shahridagi Prezident maktabi
2.22K subscribers
6.83K photos
492 videos
6 files
1.9K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich

📣Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj (vakant o'rinlar)ni qoplash maqsadida o'tkazilayotgan Tanlovning ikkinchi – test bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#TAYINLOV

Jangirov Jo‘rabek Qarshiyevich Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

J.Jangirov "Ma’rifat" hamda "Ozbekiston adabiyoti va san'ati" gazetalarida, Yozuvchilar uyushmasida, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turli lavozimlarda, shuningdek, Matbuot va axborot agentligida matbuot kotibi – axborot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT

❗️SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING

🔴 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan "Buyuk allomalar izidan" nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

⚡️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.

👆 Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat.

🏆 Mukofotlar:

🔹 Har bir fan bo‘yicha mutloq g‘olib bo'lgan bir nafardan ishtirokchiga 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🫥 Shuningdek, har bir fan bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorga 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

📝 Ro‘yxatdan o‘tish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Qushlarni_asraylik

❗️Tabiat resurslari vazirligi 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan ''Qushlarni asraylik'' Respublika tanlovini e'lon qildi.

⚡️ 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g'olib bo'ling. Ishtirok etish uchun @uzecoilm_bot orqali ro'yxatdan o'ting.

📝 Ro'yxatdan o'tish 30-mart kuni yakunlanadi. Tanlov 1-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlaridagi istirohat bog'lari va jamoat parklarida o'tkaziladi. Toshkent shahri bosqichi Botanika bog'ida bo'lib o'tadi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998996339942 va https://teletype.in/@uzecoilm/qushlarkuni

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Tanlov_ikkinchi_bosqich_natijalari

📣 DIQQAT, E'LON!!!

🔴 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar ro‘yxati bugun, 27-mart kuni (kun davomida) Agentlikning job.piima.uz platformasida e'lon qilinadi.

🫥 Tanlovning 3-bosqichi (suhbat) qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida Agentlikning hududiy bo‘limlari tomonidan nomzodlarning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamlariga bog‘lanib xabar beriladi.

📆 Suhbat jarayonlari fanlar kesimida 28-30-mart kunlari Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri

⚡️Joriy yilning 24-mart kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasining Surxondaryo viloyat saralash bosqichida Termiz shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi Boymuratova Hilola 1-o‘rinni hamda 10-sinf o‘quvchisi Qarshiyeva Laylo 2-o‘rinni egalladi.

💐O‘quvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan maktab jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri

⚡️Joriy yilning 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning Surxondaryo viloyat hududiy bosqichida Termiz shahridagi Prezident maktabi 8-sinf o‘quvchisi Tursunpo‘latov Odilbek kimyo fanidan ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

💐Odilbekni erishgan yutuqlari bilan maktab jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari AMC 8 2023 - American Mathematics Competition xalqaro matematika olimpiadasida faol qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallamoqda.

Jumladan, 7-sinf o‘quvchisi Salomova Mohinur hamda 6-sinf o‘quvchisi Xamzayev Ulug‘beklar 3-o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

💐O‘quvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan maktab jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yangi_adabiyotlar
#Prezident_maktabi

📌Termiz shahridagi Prezident maktabi kutubxonasidagi kitoblar soni 334 taga boyidi.

Jumladan, 134 ta kitob Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, 200 tasi maktab mablag‘lari hisobidan xarid qilindi.

📚Ushbu adabiyotlar o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olindi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

📣Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Madaniy meros agentligi hamda Termiz arxeologiya muzeyi hamkorlikda arxeologiya muzeyida “Milliy liboslarimiz – qadriyatimiz ko‘zgusi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

🔰Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari ham ushbu tadbir mehmoni bo‘lishdi.

📌 Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - yoshlarni yot g’oyalar, ommaviy madaniyat ta’siridan ehtiyot bo’lishga, milliy urf-odatlarimizni asrab avaylashga chaqirishdan iborat edi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube