Termiz shahridagi Prezident maktabi
1.88K subscribers
5.58K photos
441 videos
6 files
1.63K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida fikr bildirib o‘tmoqchiman.

Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandis-u shifokor, dunyoga mashhur olim-u sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim.

Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.

Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi. Shunday ekan, ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e’tiborimizni qaratishimiz zarur.

2023-yil Davlatimiz rahbari tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi hamda bizning oldimizga maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, bitiruvchi yoshlarning biror kasb sirlarini o‘rganib chiqishi vazifasi qo‘yildi. Mazkur vazifadan kelib chiqib aytishim mumkinki, yuqori sinf o‘quvchilarining olayotgan bilimlarini o‘z tanlagan kasbiga qarab yo‘naltirish va ularning hayotiy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Bu boradagi boshlangan ishlar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yanada kuchaytiriladi va o‘ylaymanki, ushbu tashabbuslar oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda farzandlarimizning kelajakda ma’lum bir kasbning haqiqiy egasi bo‘lib chiqishida katta xizmat qiladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#RaqamliAvlod
#WinterCamp

⚡️Juda ko'p yoshlarning xohish-istak va murojaatlariga binoan tashkil etilayotgan "Raqamli avlod IT oromgohi 2023"ga start berildi.

Oromgoh Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi maktab o'quvchilarini, mehribonlik uyi hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilaridan iborat 200dan ortiq bolalarni qamrab oldi🔥

📍Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda ushbu oromgoh doirasida online va offline darslar bo'lib o'tmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Мактабгача ва мактаб таълимидаги ислоҳотлар ҳақидa
#6jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining xalqaro toifadagi kimyo fani o‘qituvchisi Honeylynn Edles tomonidan “Future thinking” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda maktabda faoliyat yuritayotgan mahalliy hamda xalqaro o‘qituvchilar qatnashishdi.

📌Seminar-trening doirasida kasbiy rivojlanish va pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan muhim ko‘nikmalar turli amaliy mashqlar orqali batafsil tushuntirildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube