Termiz shahridagi Prezident maktabi
2.24K subscribers
6.69K photos
488 videos
6 files
1.85K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

⚡️"Bugun ota-onalarning ham masʼuliyatini oshirishimiz kerak. Ota-onalarning taʼlimga munosabatini o‘zgartirmagunimizgacha hech narsaga erisha olmaymiz".
Shavkat Mirziyoyev.

📣Termiz shahridagi Prezident maktabida 3 kun davomida o'quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv va individual suhbatlar sinflar kesimida tashkil etildi.

📌Ta'lim jarayonida ota-onalarning ahamiyati, farzandi erishayotgan yutuqlar, tarbiyaviy jihatlar, maktab faoliyatidagi ustuvor yo'nalishlar, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o'tish, xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritish kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun, 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Hurmatli Hilola O‘ktamovna!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Sizni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy tabriklaydi!

Sizga ushbu muhim davlat lavozimida kuch-g‘ayrat, mamlakatimiz ta'lim tizimi ravnaqi yo‘lidagi kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat va ehtirom bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Forwarded from Hilola Umarova
Maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida fikr bildirib o‘tmoqchiman.

Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandis-u shifokor, dunyoga mashhur olim-u sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim.

Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.

Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi. Shunday ekan, ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e’tiborimizni qaratishimiz zarur.

2023-yil Davlatimiz rahbari tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi hamda bizning oldimizga maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, bitiruvchi yoshlarning biror kasb sirlarini o‘rganib chiqishi vazifasi qo‘yildi. Mazkur vazifadan kelib chiqib aytishim mumkinki, yuqori sinf o‘quvchilarining olayotgan bilimlarini o‘z tanlagan kasbiga qarab yo‘naltirish va ularning hayotiy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Bu boradagi boshlangan ishlar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yanada kuchaytiriladi va o‘ylaymanki, ushbu tashabbuslar oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda farzandlarimizning kelajakda ma’lum bir kasbning haqiqiy egasi bo‘lib chiqishida katta xizmat qiladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#RaqamliAvlod
#WinterCamp

⚡️Juda ko'p yoshlarning xohish-istak va murojaatlariga binoan tashkil etilayotgan "Raqamli avlod IT oromgohi 2023"ga start berildi.

Oromgoh Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi maktab o'quvchilarini, mehribonlik uyi hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilaridan iborat 200dan ortiq bolalarni qamrab oldi🔥

📍Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda ushbu oromgoh doirasida online va offline darslar bo'lib o'tmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Мактабгача ва мактаб таълимидаги ислоҳотлар ҳақидa
#6jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining xalqaro toifadagi kimyo fani o‘qituvchisi Honeylynn Edles tomonidan “Future thinking” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda maktabda faoliyat yuritayotgan mahalliy hamda xalqaro o‘qituvchilar qatnashishdi.

📌Seminar-trening doirasida kasbiy rivojlanish va pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan muhim ko‘nikmalar turli amaliy mashqlar orqali batafsil tushuntirildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube