Termiz shahridagi Prezident maktabi
2.22K subscribers
6.83K photos
492 videos
6 files
1.9K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#KONSTITUTSIYA
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini muntazam oshirib borish maqsadida “KONSTITUTSIYA – PORLOQ HAYOTIM POYDEVORI” nomli ikki bosqichli tanlov bo‘lib o‘tdi.

🔰Saralash bosqichida barcha sinflardan tanlab olingan 7 nafar “BLUE” va 7 nafar “GREEN” sinfi o‘quvchilari final bosqichida turli huquqiy shartlarda kuch sinashdilar.

📣“BLUE”larning “KONSGARD” va “GREEN”larning “YOSH HUQUQSHUNOSLAR” jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz “JANG” da “YETTI HUQUQ POSBONLARI - ADOLAT TARAFDORLARI” shiorini baland tutgan “KONSGARD” jamoasi g‘alaba qozondi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#KONSTITUTSIYA
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

📣Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan sizlarni, chin qalbimizdan butun jamoamiz nomidan tabriklaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! Xonadonlarimizni, go‘zal yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!

Hurmat ila
Termiz shahridagi
Prezident maktabi jamoasi

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#meningmadhiyam
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

🇺🇿Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

📣
Shu bois,
Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida faol ishtirok etishdi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#meningmadhiyam
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

📣Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida faol ishtirok etishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#meningmadhiyam
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

📣Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi "mening madhiyam" tanlovida g'oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon qilganidan xabaringiz bor.

Ushbu tanlovda Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi faol ishtirok etib, “Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab” nominatsiyasi bo'yicha faxrli II-o'rinni egalladi.

Eslatib oʻtamiz, gʻoliblarga
1-oʻrin uchun 10 million soʻm,
2-oʻrin uchun 7 million soʻm,
3-oʻrin uchun 5 million soʻm pul mukofoti berilishi rejalashtirilgan.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Madhiya_30_yilligi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
___
10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun muborak bo'lsin!

Madhiyamiz doimo mag’rur jaranglasin!

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori
#Infografika
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi prezident maktabining OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan 2022-yilning noyabr oyi davomida taqdim etilgan axborotlar
infografikasi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#SEAMO
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari SEAMO Xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqda.

Jumladan:
⚡️To‘rayev Sanjarbek Yarash o‘g‘li -🥇
⚡️Ubaydulloyev Zuhriddin Umidullo o‘g‘li - 🥈
⚡️Zokirov Zafar Faxriddin o‘g‘li - 🥈
⚡️Musurmonkulov Nurkamol Xudoyberdi o‘g‘li - 🥈
⚡️Chorshanbiyeva E’zoza Kamol qizi - 🥉

Kelajagi porloq o‘quvchilarimizning kelgusi o‘qishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun imkoniyat taqdim etishni davom etamiz!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda ingliz tili fan o‘qituvchilarini Britaniya Kengashining "Online Teacher Community" platformasida onlayn tarzda malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

📆 Agar Siz Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda faoliyat olib borsangiz, quyida berilgan havola orqali kursga 5-yanvargacha ariza topshirishingizni tavsiya qilamiz.

👉https://forms.office.com/e/PbMx4YxNM1
#Yangi_adabiyotlar
#Prezident_maktabi

📌Joriy yilning 14-dekabr kuni Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yangi kelgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Tanishing yangi adabiyotlar” mavzusida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰Ustozlar, maktab hamshirasi hamda psixologi tomonidan yangi kelgan adabiyotlarning mazmun mohiyati ochib berildi.

📚Maktab mablag‘lari hisobidan xarid qilingan 352 ta yangi adabiyotlar haqida maktab kutubxonachisi ma’lumot berib o‘tdi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️ Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari bir nechta nufuzli, xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishmoqda.

1. Xo'jayev Asror ( IELTS 7):
-Wingate University 108 000$,
-University of Arizona 74 000$,
- Mississippi State University

2. Eshmamatov Bobur (IELTS 6):
- Mississippi State University,
-Wingate University 108 000$
-University of Arizona 44,000$

3. Ziyoqulova Aziza (IELTS 6.5)
- Wingate University 108 000$,
Mississippi State University

4. Eshdavlatov Behruz (IELTS 6.5);
- Wingate University 108 000$,
-University of Arizona 44 000$
-Pace University 68 000$
-Illinois College 92 000$

5. Jumayev Diyorbek:
-Wingate University 108 000$

6. Abduxakimov Jahongir:
-Wingate University 108 000$

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube