Prezident maktabi | Qarshi shahri
2.36K subscribers
7.17K photos
539 videos
13 files
2.02K links
https://t.iss.one/pmqarshi
https://www.instagram.com/pmarshi_official/
https://youtube.com/@pmqarshi_official1?si=bFywTwTX6RpYDwBB

Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.
Download Telegram
#Tôgaraklar_faoliyati
#Taqdimot

❇️Qarshi shahridagi Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan ijodiy to‘garaklar faoliyatini o‘quvchilarga tanishtirish maqsadida to‘garak rahbarlarining taqdimotlari o‘tkazildi. Bunda 🤖"Robotatexnika"
🎭 "Drama"
💬"Notiqlik"
🎨"Art"
🎹"Musiqa va san'at"
🏊"Suzish" kabi bir qator sport to‘garaklari bo‘yicha o‘quvchilarga ma'lumotlar berildi. Taqdimotda amaliy va ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

📍Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro olimpiada sovrindori bo‘lishdi

Joriy yilning 1-4-sentabr kunlari Gretsiyada “EFI-2024” xalqaro olimpiadasining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Hamyurtlarimiz ushbu nufuzli olimpiadada ilk bor va muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Olimpiadaning final bosqichida O‘zbekistondan 5 nafar o‘quvchi qatnashishdi va ulardan 4 nafari (Humoyunbek Ibrohimov, Jasurbek Rizoqulov, Samandar Norboyev, Behruz Olimov) Qarshi shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o‘quvchilari sanaladi.

Gruziya, O‘zbekiston, Ukraina, Xitoy, Niderlandiya, Gretsiya, Chexiya kabi 18 davlatdan kelgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tgan qizg‘in bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallni qo‘lga kiritishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
❇️O’quvchilar bilan samimiy suhbat tashkil etildi

Qarshi shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar bilan maktab rahbariyati, xorijiy va mahalliy o'qituvchilar o’rtasida suhbat tashkil etildi.
❇️Tadbirda o'quvchilar bilan jonli va samimiy muloqot qilindi. O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi va
5-sinfga qabul qilingan o’quvchilarga o'quv jarayonlarida foydalanish uchun noutbuklar topshirildi.
#ERTALABKI BADANTARBIYA-SOG'LIK GAROVI!

🏆Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tongni toza havoda ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlab olishdi. Bu ularning kun davomida yangidan yangi bilimlarni egallashlarida yaqindan yordam beradi degan umiddamiz.

❇️
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.


📍Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube