Prezident maktabi | Qarshi shahri
2.09K subscribers
5.53K photos
483 videos
13 files
1.72K links
Telegram: https://t.iss.one/pmqarshi
Instagram:https://instagram.com/pmqarshi
Facebook:https://facebook.com/pmqarshi
YouTube:https://youtube.com

Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar

Qarshi, Nurafshon shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy va madaniy yodgorliklar, muzeylarga sayohat qildi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida toʻgaraklar taqdimoti
oʻtkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda "Diqqat piyoda!" nomli profilaktik tadbir
tashkil etildi.

Xiva, Jizzax, Termiz shahridagi Prezident maktablari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yangi qabul qilingan o‘quvchilarni maktab hayotiga moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida psixologik treninglar o‘tkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktab, Shayxontohur, Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xalqaro IELTS sertifikatiga ega boʻldi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda chavandozlik boʻyicha mahorat darslari
oʻtkazildi.

Toshkent, Navoiy shahridagi Prezident maktablari, Halima Xudoyberdiyeva, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari, Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sport musobaqalari tashkil etildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro SAT sertifikatiga ega boʻldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Erkin Vohidov ijodi bilimdoni” mavzusida olimpiada
oʻtkazildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida adabiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida “Ajiniyoz asarlari bilimdoni”
mavzusida qoraqalpoq tili va adabiyoti fan olimpiadasi oʻtkazimoqda.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi uchun videokasting
eʼlon qilindi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan oʻquvchilar "Ilm sari ilk qadam" loyihasiga
jalb etildi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Orifjon Siddiqjonov sportning muay - tay turi boʻyicha oʻtkazilgan Toshkent shahar chempionatida
gʻolib boʻldi.

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusida muloqot
tashkil etildi.

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf oʻquvchilari uchun kasbiy sayohat
uyushtirildi.

Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi kitoblar taqdimoti
oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi inklyuziv ijodiy studiyalarga beshinchi qabul o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilarning iltimosiga ko‘ra, ular ijodkorlik va o‘zini ifoda etishga ko‘proq vaqt ajrata olishlari uchun o‘qish muddati bir akademik yiligacha uzaytirildi. Qabul an’anaviy ravishda media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 22-sentyabrgacha mana bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.

В рамках проекта Zamin Creative проводится пятый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. По просьбам ребят длительность обучения увеличится до одного академического года, чтобы участники проекта могли больше времени посвящать творчеству и самовыражению. Набор традиционно будет проведён по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 22 сентября здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕📹Raqamli Avlod Respublika inklyuziv IT oromgohi.

#UzEdu #IMA #IHMA #ZaminFoundation #OliyMajlis #RaqamliAvlod
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉👍 Loyihamizga qo‘shilishni istagan barcha uchun uzoq kutilgan yangilik!

📣 "Eco-Schools Uzbekistan" 2024–2025 o‘quv yili uchun qabulni e’lon qiladi.

📝 Eko-maktab maqomini olish uchun havola bo‘yicha hujjatlarni to‘ldirish kerak.

📆 Arizalar 2024-yil 30-senyabrgacha qabul qilinadi. To‘ldirilgan arizalarni @qabul_eco_schools ga yuboring.

👋😊 Ekologik harakat safida bo‘lish va biz bilan birgalikda atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
~~~
😉👍 Долгожданная новость для всех желающих присоединиться к нашему проекту!

📣 Eco-Schools Uzbekistan объявляет набор на 2024–2025 учебный год.

📝 Для получения статуса эко-школы необходимо заполнить документы по ссылке.

📆 Срок подачи заявки до 30 сентября 2024 года. Заполненные заявки присылайте в @qabul_eco_schools.

👋😊 Не упустите шанс стать частью экологического движения и внести вклад в сохранение окружающей среды вместе с нами!

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabida tongi “Speech Time” tadbiri.

🌍🌱Bugun Qarshi shahridagi Prezident maktabida 9-sinf o'quvchisi Nurmatova Nigina tomonidan eko qo‘mita faoliyati, maqsadlari va vazifalari haqida ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ekologik mas’uliyatni oshirish va ijtimoiy faollikni rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilarga ekologik tashabbuslarni hayotga tatbiq etish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish muhimligi ta’kidlandi.

#QarshiPrezidentMaktabi #EkoQomita #Ekologiya
📍Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qarshi Prezident maktabida Science darsi

🔰Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'qituvchisi Ulug'bek Sharopov boshchiligida 6-sinf o’quvchilarining science darsida “Haroratning bosimga ta’siri” mavzusi yuzasidan amaliy mashg’ulot bajardilar.
O'quvchilar ushbu mashg'ulot orqali harorat ta’sirida havo zarrachalarining energiyaga ega bo’lib tez harakatlanishi natijasida shar kengayishini kuzatish mumkinligini tushundilar va qaysi haroratda shar qancha kengayishini yozib birgalikda statistik jadval yaratishadi. Bajargan amaliy mashg’ulotidan lavhalar.

📍Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qoʻllaniladigan oʻzbekcha soʻzlarni eslatib oʻtadi.

Avvalgi postlarni koʻrish:
1, 2, 3, 4, 5

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram