Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.64K subscribers
13.6K photos
1.15K videos
39 files
3.98K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
🔹Maʼlumki, iqtidorli o‘quvchilar yutuqlarga erishgan sari, raqobatbardoshlikni ham ko‘p o‘ylaydi. O‘quvchilarim: baʼzan o‘zimga ishonchim ham o‘ta sust bo‘lib qoladi? Nima qilsam bo‘ladi?, degan savol bilan murojaat qilishadi.
                                                                                                     
JAVOB: Psixologiya fani rivojlangan sari autogen mashqlar bo‘yicha turli maktablar ochilgan va barchasining negizida insonning shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirish yotadi. Biz bu mexanizmlarning negiziga to‘xtalmaymiz. Ammo qanday qilib so‘z orqali o‘z imkoniyatlaringiz — xotirangiz, irodangiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni o‘stirishga o‘rgatamiz.

🔸O‘z-o‘zini ishontirish ijobiy va salbiy bo‘ladi.

⚡️Afsuski, ko‘plaringiz xar kuni bir necha soat vaqtingizni imkoniyatlaringizga, kelajagingizga salbiy taʼsir etish bilan o‘tkazasiz. Jumladan, siz: “Esimdan chiqarib qo‘yyapman, tushunmayapman, boshqalar mendan ko‘proq biladi, ulgurmayman, ishim yurishmaydi” kabi so‘zlarni qanchalik ko‘p ishlatsangiz, bu so‘zlar miyangizda shunchalik o‘rnasha boradi, oqibatda esa ichki imkoniyatlaringiz susayadi.

🔹Axir, “Yaxshi niyat, yarim mol” yoki “Sovuq gap sovuqlik keltiradi” degan maqollar bejiz emas.

🔸Shuning uchun kuningizni “MEN O‘ZIMGA ISHONAMAN!” degan qatʼiy so‘zlar bilan boshlang.
Har birimizda paydo bo‘layotgan fikr o‘z-o‘zidan shu fikrga doir emotsional holatni uyg‘otadi, bu holat esa shu holatga mos bo‘lgan xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi.


🔹Masalan, tushkunlik odamning yuzida, yurish-turishida o‘ziga xos belgilar bilan ifoda topadi. Yoki aksincha, yaxshi, ijobiy fikr odamning yuzida tabassum, harakatlarida esa o‘ziga ishonch belgilarini namoyon qiladi. Shuningdek, har qanday ijobiy harakat — yuzdagi tabassum, bosh va yelkani tik tutish kabilar miyada ham o‘z-o‘zidan shu harakatlarga mos keladigan fikrni uyg‘otadi.

🔹Demak, odamda ruhiyat va kayfiyat, fikr va harakat o‘zaro mutanosiblik kasb etgan.

🔸Shuning uchun siz ham doimo o‘zingizga ishoning , bu ishonch esa kayfiyatingiz orqali harakatlaringizda, yuzingizda, yurish-turishingizda aks etib tursin.

🏢Asronova Muhayo Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi psixologi
#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich

📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, saralash bosqichidan oʻtgan pedagog-kadrlar diqqatiga

❗️Tanlovning ikkinchi – test bosqichi shu yilning 25-mart kuni Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida oʻtkaziladi.

⭕️ Test sinovlariga belgilangan vaqtda kechikmasdan kelishingiz soʻraladi! Imtihonga kechikkan oʻqituvchilar test sinovlariga qoʻyilmaydi!

🪪 Oʻzingiz bilan fuqarolik pasportini olishni unutmang.

📆 Test sinovlari faqat bir kun – 25-mart sanasida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Hukumat qarori bilan majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi, bu nimani anglatadi?

Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) ga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagoglar hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi.

Endi ushbu pedagoglarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qolinib, ularga taʼlim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandiga ko‘ra, ular faqat oʻz xohishlariga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishlari mumkin.

Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог ходимлар сафи кенгаймоқда

Бугун Ўзбeкистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 120-сон қарори қабул қилинди.

Унга кўра, 2023 йил 1 апрелдан бошлаб:

педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга бўлган;

ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган муддат қолган педагог ходимлар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди.

Мазкур қарорга асосан, Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сон қарори билан тасдиқланган “Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низомга тегишли ўзгартириш ва қўшимча киритилди.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Maʼlumki, 2021-yilda tajriba tariqasida boshlangan “Tashabbusli byudjet” loyihasi oʼtgan 2 yil davomida xalqimiz tomonidan iliq qabul qilindi. Bugungi kunda yurtdoshlarimiz oʼz hududidagi hal etilishi lozim boʼlgan qator masalalarni “Open budget” portaliga joylab, ovoz yigʼish orqali ushbu tashabbusda gʼolib boʼlish uchun harakat qilishmoqda.

Ushbu portalga joylanayotgan ijtimoiy loyihalar orasida maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini taʼmirlash ishlari ham yetakchilik qiladi. Аlbatta, ushbu jarayonda oʼqituvchilar, oʼquvchilar hatto ota-onalar ham tashabbus koʼrsatib, oʼzlari mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan yoki farzandlari tahsil olayotgan taʼlim dargohini obod qilish uchun ovoz berishda shaxsiy tashabbus koʼrsatmoqda.

Biroq ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda baʼzi oʼqituvchilarga ushbu loyihada ovoz yigʼish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga beeʼtibor qarayotgan oʼqituvchilarga kerakli chora koʼrish bilan tahdid qilinayotganligi toʼgʼrisida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jiddiy oʼrganilmoqda.

Ayni vaqtda “Vazirga murojaat” portaliga oʼqituvchilardan ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi tegishli qaroriga koʼra, pedagoglarni xizmat majburiyati bilan bogʼliq boʼlmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Hurmatli oʼqituvchilar, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari xodimlari!

Аgar sizning taʼlim maskaningizda oʼqituvchilarni ushbu loyiha doirasida majburiy ovoz yigʼishga jalb etish holatlari kuzatilsa, vazirlikning Ishonch telefoni 71-202-09-09 ga qoʼngʼiroq qilishingizni soʼraymiz. Sizning murojaatingiz asosida ushbu yoʼnalishda qonun buzilish holati aniqlansa, tegishli masʼul xodimlarga zarur taʼsir choralari koʼriladi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasi faqat tashabbusga asoslanadi, bunda hech kimni majburlashga yoʼl qoʼyilmaydi!

Maʼlumot uchun shuni ham qo'shimcha qilishni joiz deb topdim, yaqinda Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun maʼqullandi.

Unda oʼqituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha boʼlgan jazo nazarda tutilmoqda. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.

Shunday ekan, oʼqituvchilarimizning kasbiy huquqlari Davlatimiz nazoratida ekanligini, ularni majburiy mehnatga jalb qilishga yo'l qo'yilmasligini unutmasligingizni so'raymiz.
Oʼzbekistonlik oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki koʼrib chiqildi

Italiyaning Rim shahrida oʼtkazilayotgan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev qator xorijiy taʼlim tashkilotlari yetakchilari va ekspertlari bilan muloqot olib bormoqda.

Аsosiy uchrashuvlardan biri bugun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Taʼlim siyosati boʼyicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Аndreas Shlyaxer ishtirokida boʼlib oʼtdi.

Usmon Sharifxodjaev PISA dasturi rahbari bilan oʼtkazilgan suhbatda taʼlim sohasidagi oʼzaro hamkorlik ishlari hamda yurtimiz oʼquvchilarining kelgusi yillarda mazkur xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki etishi, natijalarni muhokama qilish va bunda uzluksizlikni taʼminlash masalalari boʼyicha fikr almashdi.

Uchrashuvda Oʼzbekistonning mazkur xalqaro dasturning 2025-yildagi tadqiqotida ishtiroki, oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini baholash boʼyicha "Baby PISA" tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatlarini koʼrib chiqildi.

Muhokamalar natijasiga koʼra, oʼzbekistonlik oʼquvchilarning 2025-yilda PISA tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi, nufuzli PISA, TALIS kabi nufuzli dasturlar boshqaruv kengashining xalqaro darajadagi tadbirlarini kelgusida Oʼzbekistonda oʼtkazish boʼyicha muhim fikrlar bildirib oʼtildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Что говорят участники?

Своими впечатлениями поделились участники семинаров, организованных Министерством дошкольного и школьного образования для учителей математики и английского языка.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Ўқувчиларда танқидий фикрлашни лойиҳа ишлари орқали шакллантириш
#23mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Формирование критического мышления у учащихся посредством проектной работы
#23mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_va_ustozlarga_tavsiyalar
Farzandingizning qobiliyatlaridan koʻra mehnatlarini koʻproq qadrlang!

🔹Nega bolaligida favqulodda isteʼdod egalarining hammasi ham hayotining keyingi qismida muvaffaqiyatga erisha olmaydi? Yoki sodda qilib aytganda isteʼdod soʻnib qoladi?

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
“Barkamol avlod" bolalar maktabining to'garak a'zolaridan navbatdagi XALQARO G'ALABA

🎉“Kyokushinkai-kan karate” sport turi bo’yicha Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida o'tkazilgan O’rta OSIYO kubogi musobaqasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Shidokan karate" to’garagi a'zolari g'oliblikni qo'lga kiritib, O’RTA OSIYO CHEMPIONLARIga aylandi.

''Kyokushinkai-kan karate'' yakka kurashi bo‘yicha mutlaq g'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing!
1️⃣
Rayhona Normurodova - 1-o'rin🥇;
2️⃣ Zilola Jo’rayeva -1-o'rin 🥇.

👏 ''Kyokushinkai-kan karate'' yakka kurashi bo‘yicha o'tkazilgan O’RTA OSIYO kubogi musobaqasida barcha raqiblarni ortda qoldirib, gʻoliblar shoxsupasiga koʻtarilgan Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining “Shidokan karate” to'garak a'zolarini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi nomidan erishgan yutugʻi va xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM