Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
#Seminar_trening
🔴 LIVE
Joylarda “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda
Suratlarda Andijon, Jizzax, Farg'ona, Termiz, Qarshi, Samarqand shaharlaridagi jarayonlar aks etgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

🔰Ish faoliyatim jarayonida ko‘plab bolalar bilan suhbatlar davomida va olingan metodikalar tahlil natijasiga ko‘ra bolalarda ruhiy zo‘riqish, tanada charchoq holatlarini kuzataman. Hurmatli ota-onalar bolaning ruhiy zo‘riqishida siz:
🙏“Tuzukmisan? Seni bir nima bezovta qilayotganga o‘xshaydi?
🙏Ahvoling yaxshimi? Men qanday yordam berishim mumkin?», deb murojaat qiling.
📍Unga o‘z fikrlarini yig‘ishga yordam bering, qayta ifodalashdan (“Demak, seningcha....shundaymi?”) foydalanishingiz mumkin, yaʼni uni aytgan fikrlarida asosli gaplarini o‘ziga qaytadan eshittirishingiz kerak.
📍“Hech nima bo‘lmaydi, hammada ham o‘ziga yarasha muammolari bor, hamma yashaydi, sen ham shular qatorida chidab, yashaysan!”, degan iboralarni ishlatmang. Chunki, bola irodasizlikni qabul qilishni, o‘zini kuchsizligini, keraksizligini tan olishni istamaydi.
📍 Kelajak bilan bog‘lashga urinib ko‘ring. “Yaqinlaringni o‘ylamaysanmi?”, degan savol o‘rniga muammosining yechimiga qaratilgan yo‘llar haqida birgalikda fikrlashga intiling.
📍Uni kelajak bilan bog‘lovchi omillar haqida o‘ylang.
Ruhiy taranglikni yuzaga keltirgan sababni aniqlang.
📍Savol-javob orqali avval uni qiynayotgan holatni aniqlab, so‘ngra o‘ziga ishonch xislatini oshirish orqali muammo yechimini birgalikda topishga tayyorligingizni ifodalang.
📍Chorasiz qolgan o‘smirni suhbat davomida tortinmasdan gapirishga undash lozim, hattoki nafrat, uyat yeki birovdan qasos olishi to‘g‘risida siz bilan o‘rtoqlashishi mumkinligini ayting. Agar shunda ham, u sizga gapirmasa, siz unga imkoniyat bering: “Menimcha, sen nimadandir juda qiynalib turibsan”, — yoki: “Yig‘lamoqchi bo‘lsang, mayli yig‘la, bu senga biroz bo‘lsa-da yengillik beradi”.
📍Shuningdek: “Sen biroz o‘zingda emassan, balki menga o‘z muammolaringni aytarsan, men seni tushunishga harakat qilaman”, degan gaplarni ishlatishingiz maqsadga muvofiqdir.
📍Ruhiy bosimni ota-ona, o‘qituvchi yoki tengdoshlar bilan bo‘lgan shaxslararo nizolar keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Inson biror bir yo‘qotish yoki ichki kasallikdan aziyat chekishi mumkin.
🔹 Bolaga nimalar ijobiy taʼsir qilganini ham aniqlashga urinib ko‘ring. Yaxshi xotiralarini surishtirishga, uni o‘sha yaxshi davrlari to‘g‘risida o‘ylab, ijobiylik holatiga qaytishiga harakat qiling.
✅Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi psixologi Muhayyo Asronova

🔹Maʼlumki, iqtidorli o‘quvchilar yutuqlarga erishgan sari, raqobatbardoshlikni ham ko‘p o‘ylaydi. O‘quvchilarim: baʼzan o‘zimga ishonchim ham o‘ta sust bo‘lib qoladi? Nima qilsam bo‘ladi?, degan savol bilan murojaat qilishadi.
✅JAVOB: Psixologiya fani rivojlangan sari autogen mashqlar bo‘yicha turli maktablar ochilgan va barchasining negizida insonning shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirish yotadi. Biz bu mexanizmlarning negiziga to‘xtalmaymiz. Ammo qanday qilib so‘z orqali o‘z imkoniyatlaringiz — xotirangiz, irodangiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni o‘stirishga o‘rgatamiz.
🔸O‘z-o‘zini ishontirish ijobiy va salbiy bo‘ladi.
⚡️Afsuski, ko‘plaringiz xar kuni bir necha soat vaqtingizni imkoniyatlaringizga, kelajagingizga salbiy taʼsir etish bilan o‘tkazasiz. Jumladan, siz: “Esimdan chiqarib qo‘yyapman, tushunmayapman, boshqalar mendan ko‘proq biladi, ulgurmayman, ishim yurishmaydi” kabi so‘zlarni qanchalik ko‘p ishlatsangiz, bu so‘zlar miyangizda shunchalik o‘rnasha boradi, oqibatda esa ichki imkoniyatlaringiz susayadi.
🔹Axir, “Yaxshi niyat, yarim mol” yoki “Sovuq gap sovuqlik keltiradi” degan maqollar bejiz emas.
🔸Shuning uchun kuningizni “MEN O‘ZIMGA ISHONAMAN!” degan qatʼiy so‘zlar bilan boshlang.
Har birimizda paydo bo‘layotgan fikr o‘z-o‘zidan shu fikrga doir emotsional holatni uyg‘otadi, bu holat esa shu holatga mos bo‘lgan xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi.
🔹Masalan, tushkunlik odamning yuzida, yurish-turishida o‘ziga xos belgilar bilan ifoda topadi. Yoki aksincha, yaxshi, ijobiy fikr odamning yuzida tabassum, harakatlarida esa o‘ziga ishonch belgilarini namoyon qiladi. Shuningdek, har qanday ijobiy harakat — yuzdagi tabassum, bosh va yelkani tik tutish kabilar miyada ham o‘z-o‘zidan shu harakatlarga mos keladigan fikrni uyg‘otadi.
🔹Demak, odamda ruhiyat va kayfiyat, fikr va harakat o‘zaro mutanosiblik kasb etgan.
🔸Shuning uchun siz ham doimo o‘zingizga ishoning , bu ishonch esa kayfiyatingiz orqali harakatlaringizda, yuzingizda, yurish-turishingizda aks etib tursin.
🏢Asronova Muhayo Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi psixologi

#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich
📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, saralash bosqichidan oʻtgan pedagog-kadrlar diqqatiga
❗️Tanlovning ikkinchi – test bosqichi shu yilning 25-mart kuni Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida oʻtkaziladi.
⭕️ Test sinovlariga belgilangan vaqtda kechikmasdan kelishingiz soʻraladi! Imtihonga kechikkan oʻqituvchilar test sinovlariga qoʻyilmaydi!
🪪 Oʻzingiz bilan fuqarolik pasportini olishni unutmang.
📆 Test sinovlari faqat bir kun – 25-mart sanasida bo‘lib o‘tadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Ikkinchi_bosqich
📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, saralash bosqichidan oʻtgan pedagog-kadrlar diqqatiga
❗️Tanlovning ikkinchi – test bosqichi shu yilning 25-mart kuni Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida oʻtkaziladi.
⭕️ Test sinovlariga belgilangan vaqtda kechikmasdan kelishingiz soʻraladi! Imtihonga kechikkan oʻqituvchilar test sinovlariga qoʻyilmaydi!
🪪 Oʻzingiz bilan fuqarolik pasportini olishni unutmang.
📆 Test sinovlari faqat bir kun – 25-mart sanasida bo‘lib o‘tadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Hukumat qarori bilan majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi, bu nimani anglatadi?
Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) ga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagoglar hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi.
Endi ushbu pedagoglarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qolinib, ularga taʼlim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandiga ko‘ra, ular faqat oʻz xohishlariga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishlari mumkin.
Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.
Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог ходимлар сафи кенгаймоқда
Бугун Ўзбeкистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 120-сон қарори қабул қилинди.
Унга кўра, 2023 йил 1 апрелдан бошлаб:
✅ педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга бўлган;
✅ ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган муддат қолган педагог ходимлар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди.
Мазкур қарорга асосан, Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сон қарори билан тасдиқланган “Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низомга тегишли ўзгартириш ва қўшимча киритилди.
Бугун Ўзбeкистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 120-сон қарори қабул қилинди.
Унга кўра, 2023 йил 1 апрелдан бошлаб:
Мазкур қарорга асосан, Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сон қарори билан тасдиқланган “Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низомга тегишли ўзгартириш ва қўшимча киритилди.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Maʼlumki, 2021-yilda tajriba tariqasida boshlangan “Tashabbusli byudjet” loyihasi oʼtgan 2 yil davomida xalqimiz tomonidan iliq qabul qilindi. Bugungi kunda yurtdoshlarimiz oʼz hududidagi hal etilishi lozim boʼlgan qator masalalarni “Open budget” portaliga joylab, ovoz yigʼish orqali ushbu tashabbusda gʼolib boʼlish uchun harakat qilishmoqda.
Ushbu portalga joylanayotgan ijtimoiy loyihalar orasida maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini taʼmirlash ishlari ham yetakchilik qiladi. Аlbatta, ushbu jarayonda oʼqituvchilar, oʼquvchilar hatto ota-onalar ham tashabbus koʼrsatib, oʼzlari mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan yoki farzandlari tahsil olayotgan taʼlim dargohini obod qilish uchun ovoz berishda shaxsiy tashabbus koʼrsatmoqda.
Biroq ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda baʼzi oʼqituvchilarga ushbu loyihada ovoz yigʼish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga beeʼtibor qarayotgan oʼqituvchilarga kerakli chora koʼrish bilan tahdid qilinayotganligi toʼgʼrisida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jiddiy oʼrganilmoqda.
Ayni vaqtda “Vazirga murojaat” portaliga oʼqituvchilardan ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi tegishli qaroriga koʼra, pedagoglarni xizmat majburiyati bilan bogʼliq boʼlmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
Hurmatli oʼqituvchilar, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari xodimlari!
Аgar sizning taʼlim maskaningizda oʼqituvchilarni ushbu loyiha doirasida majburiy ovoz yigʼishga jalb etish holatlari kuzatilsa, vazirlikning Ishonch telefoni 71-202-09-09 ga qoʼngʼiroq qilishingizni soʼraymiz. Sizning murojaatingiz asosida ushbu yoʼnalishda qonun buzilish holati aniqlansa, tegishli masʼul xodimlarga zarur taʼsir choralari koʼriladi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi faqat tashabbusga asoslanadi, bunda hech kimni majburlashga yoʼl qoʼyilmaydi!
Maʼlumot uchun shuni ham qo'shimcha qilishni joiz deb topdim, yaqinda Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun maʼqullandi.
Unda oʼqituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha boʼlgan jazo nazarda tutilmoqda. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.
Shunday ekan, oʼqituvchilarimizning kasbiy huquqlari Davlatimiz nazoratida ekanligini, ularni majburiy mehnatga jalb qilishga yo'l qo'yilmasligini unutmasligingizni so'raymiz.

Oʼzbekistonlik oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki koʼrib chiqildi
Italiyaning Rim shahrida oʼtkazilayotgan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev qator xorijiy taʼlim tashkilotlari yetakchilari va ekspertlari bilan muloqot olib bormoqda.
Аsosiy uchrashuvlardan biri bugun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Taʼlim siyosati boʼyicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Аndreas Shlyaxer ishtirokida boʼlib oʼtdi.
Usmon Sharifxodjaev PISA dasturi rahbari bilan oʼtkazilgan suhbatda taʼlim sohasidagi oʼzaro hamkorlik ishlari hamda yurtimiz oʼquvchilarining kelgusi yillarda mazkur xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki etishi, natijalarni muhokama qilish va bunda uzluksizlikni taʼminlash masalalari boʼyicha fikr almashdi.
Uchrashuvda Oʼzbekistonning mazkur xalqaro dasturning 2025-yildagi tadqiqotida ishtiroki, oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini baholash boʼyicha "Baby PISA" tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatlarini koʼrib chiqildi.
Muhokamalar natijasiga koʼra, oʼzbekistonlik oʼquvchilarning 2025-yilda PISA tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi, nufuzli PISA, TALIS kabi nufuzli dasturlar boshqaruv kengashining xalqaro darajadagi tadbirlarini kelgusida Oʼzbekistonda oʼtkazish boʼyicha muhim fikrlar bildirib oʼtildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big