Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan bir guruh faxriy ustozlar uchun “Chinobod Plaza” dam olish maskaniga bepul yo‘llanma taqdim etdik.

Ular orasida 40, 42, 43, 58 (!) yillab chekka hududlardagi maktablarda faoliyat yuritgan o‘qituvchilar bor.

Sanatoriyada ustozlarimiz sog‘liqlarini tiklashlari hamda mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bu boshlanishi! Hali ko‘p ustozlarimiz, faxriylarimiz uchun bunday imkoniyatlar yaratamiz, men o‘ylayman ularning barchasi eng yaxshi sharoitlarda hordiq chiqarishga haqli. Yana bir bor barchangizga bayram muborak!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Bahodir Jalolov sport maktabiga qabul jarayonlari

#uzbekiston24

🤩 30-avgust kuni Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
⚡️ Farg'ona shahridagi Prezident maktabida "Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri o'tkazildi.

🎉 Dastavval, 2024-2025-o'quv yiliga qabul qilingan 5-sinf o'quvchilari bayramona kutib olindi. “Bilimlar kuni” doirasida tashkillangan tadbirda ustoz-murabbiylar, ota-onalar va iste'dodli o'quvchilar ishtirok etdi.

🔰 Tadbir davomida Fargʻona shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Muminov Obidxon Norxujayevich o'quvchi yoshlarni yangi o'quv yili bilan tabriklab ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

🤩 YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Namangan viloyatida yangi va zamonaviy tarzdagi Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktab binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda faxriy ustozlar, ota-onalar hamda nuroniylar qatnashdi.

Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan mazkur maktab 408 oʻringa moʻljallangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM