Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#qabul_2024
#ishchi_guruh
YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 2-son, Pastdargʻom tuman 2-son hamda Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.
Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.
Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
#imtihon
#qabul_2024
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 2024-2025-o’quv yili uchun saralash imtihonining I va II bosqichi kunlari bilan tanishing!
✅Ijodiy matn yaratish bosqichi ikki smenada o’tkazilib, birinchisi 8:00 da 7-sinflar uchun, ikkinchisi 11:00 da 8, 9 va 10-sinflar uchun bo’lib o’tadi.
✍️ Imtihonning birinchi (yozma) bosqichi 27-iyun Farg‘ona olimpiya va paralimpiya zaxiralari sport turlariga tayyorlash markazida o’tkaziladi. Bunda talabgorlarning barchasi ishtirok etishi shart.
📌Ikkinchi bosqichi (suhbat) esa 29-iyundan 3-iyulga qadar bo’lib o’tadi, talabgorlar o’zlari uchun belgilangan kunda ishtirok etishi lozim bo’ladi. Suhbat imtihoni ertalab 8:00 dan kechki 17:00 gacha davom etadi.
📍Qabul imtihonining Ijodiy matn yaratish bosqichi Farg'ona shahar, Navoiy ko'chasi, 55-uyda;
Ijodiy suhbat bosqichi esa Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi binosida bo’lib o’tadi.
Call-markaz - 1206

#ijodiy_imtihon
⚡️IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI
Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.
Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.
1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi
🗣 Imtihon jarayonlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#ijodiy_imtihon
⚡️IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI
Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.
Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.
1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM