Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining zakovatli ustozlari

🔹 Bugun maktabimizda "Zakovat" intellektual musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada "O‘chirg‘ich" , " Unsiya" , "Logos" , " Armada" jamoalari 2 turdan iborat bahslarda o'zaro bellashdilar.

🔸Bu kabi musobaqalardan asosiy maqsad, o‘qituvchi va pedagog tarbiyachilarning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish, tafakkur maydonida toblashdan iboratdir. Shuningdek, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, eng faol ishtirok etgan ustozlardan zaxira klub shakllantirishdir.

Yakuniy xulosalarga ko‘ra "O‘chirg‘ich" jamoasi musobaqa g‘olibi deb topildi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024

⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00 gacha

📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Ochiq_eshiklar_kuni

Hurmatli ota-onalar hamda kreativ o‘quvchilar!

🗣Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Sizlarni 2024-yil may oyining 16 - kunidan 25 - kuniga OCHIQ ESHIKLAR KUNIga taklif etadi!

📶Keling, ko‘ring va kelajakni biz bilan quring.

❗️Maktabga 6-sinfni tamomlayotgan ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix-huquq fanlariga qobiliyatli o‘quvchilar saralab olinadi.

🗺Bizning manzil: Marg‘ilon shahar, Turkiston ko‘chasi, 138-uy.


🔄Ushbu lokatsiya orqali ijod maktabini topib kelishingiz mumkin

💬Mo'ljal: Marg‘ilon shahar, "Atlaschi" stadioni.

✈️ 911245210, 911585938, 916660022


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar oʻz ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻrin olgan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun poytaxtimizning maʼnaviy-maʼrifiy maskanlariga sayohat rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti mezbonlik qilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir joriy yilning 17-mayiga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Jo‘rabek Jangirov
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024

⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00 gacha

📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot.

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🕊X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM