Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.73K subscribers
14.9K photos
1.24K videos
45 files
4.38K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkazildi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi natijalari bilan tanishing.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#Madhiya_31_yilligi

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

🎼 Ushbu matnda jo boʼlgan soʼzlar shunchaki soʼzlar emas. Unda Oʼzbekistonning orzulari, kelajagi aks etgan. Hayot qo’shig’I bo’lib har tong jaranglayver, Madhiyam!

O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi yurtdoshlarimizni tabriklaydi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

🎼Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

🗺Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta medalni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi.

📝Ularni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi masʼullari, maktab direktorlari, ota-onalari va yaqinlari kutib olishdi.

🗣Maʼlumot uchun, 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan ushbu olimpiadada oʻquvchilarimiz 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 TA’LIM DELEGATSIYASI A’ZOLARI KOREYA RESPUBLIKASIGA JO‘NAB KETDI

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim tizimida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib, bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan keng qamrovli hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ta’lim sohasi rivojida olib borayotgan hamkorlik aloqalari o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasining Ta’lim markazi o‘rtasida shu yilning oktabr oyida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilgan ishlar, ta’lim sohasidagi hamkorlik va pedagog kadrlar malakasini oshirish, maktablarning moddiy ta’minoti, koreys tilida fan olimpiadalarini o‘tkazish, shuningdek, Koreyaning Chxunchonnam viloyati Ta’lim departamenti bilan hamkorlikni o‘rnatish imkoniyatlari muhokama qilingan edi.

Ikki tomonlama kelishuvlarga asosan bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlaridan iborat ta’lim delegatsiyasi Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Delegatsiya a’zolari mazkur amaliy tashrif davomida Koreyada O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rahbarlari uchun tashkil etiladigan amaliy seminarlar, treninglar, malaka oshirish kurslari hamda ta’lim jarayonlaridagi eng so‘ngi zamonaviy metodikalar bilan tanishishlari va bir qancha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishlari ko‘zda tutilgan.

Bir hafta davom etadigan mazkur amaliy tashrif bilan bog‘liq jarayonlarni Agentligimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritib boramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat, tanlov

🌈O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va "Kamalak" bolalar tashkiloti hamkorligida 10 dan 20-dekabrga qadar O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishlangan IV Respublika insholar tanloviga start beriladi.

☝️Tanlov ikki yosh toifasi doirasida (onlayn) o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.

💰 G‘olib bo‘lgan 1,2, va 3-o‘rin ishtirokchilari pul mukofotlari bilan, nominatsiya g‘oliblari esa televizor bilan taqdirlanadilar.

Tanlov yo’riqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishib insholaringizni 👉 @insholarbot'iga yuboring!

Barchangizga omad yor bo‘lsin!
#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

📶 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazildi.

🗺Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Namangan hamda Fargʻona viloyatidan videolavhalar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti – til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir”.

Bugun “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ochilishida nutq so‘zlar ekanman, tilimizga bevosita aloqador bo‘lgan milliy alifbomizni isloh qilishdek juda dolzarb masalaga to‘xtaldim.

Misol uchun, bir qarashda oddiy tuyulgan imlo belgisi butun boshli Davlat va Millatning nomi xato yozilishiga sabab bo‘lmoqda. Biz bunday masalalarda hadeb bahslashavermay, tezroq qaror qabul qilishimiz muhim. Chunki, gap bizning Millatimiz, g‘ururimiz, yurtimiz nomi haqida ketyapti.

To‘g‘ri, alifbo islohoti yangi bahslar, tortishuvlar, ko‘zda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin yana bir bor ta’kidlayman, gap Vatan va Millat nomini to‘g‘ri yozish haqida ketar ekan, bunday bahs va tortishuvlarni bas qilishimiz, alifbodagi ayrim o‘zgarishlarni joriy etishimiz va shu bilan alifbo masalasiga qat’iy nuqta qo‘yishimiz zarur, deb hisoblayman!

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube