Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.73K subscribers
14.9K photos
1.24K videos
45 files
4.38K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Italiya Maorif vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Italiyaning Rim shahrida dunyoning 70 dan ortiq mamlakati taʼlim sohasi rahbarlari bilan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Tashrif doirasida Usmon Sharifxodjayev Italiya Maorif vaziri Juzeppe Valditara bilan uchrashib, hamkorlik aloqalari, jumladan, ikki davlat o‘rtasida pedagoglar malakasini oshirish, maktablar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston maktablarida italian tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Italiya Maorif vaziri o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolashga kelishib olindi hamda kelishuv loyihasi muhokama qilindi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
#Seminar_trening

🔴 LIVE

Joylarda “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda

Suratlarda Andijon, Jizzax, Farg'ona, Termiz, Qarshi, Samarqand shaharlaridagi jarayonlar aks etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
​​​​🔰Ish faoliyatim jarayonida ko‘plab bolalar bilan suhbatlar davomida va olingan metodikalar tahlil natijasiga ko‘ra bolalarda ruhiy zo‘riqish, tanada charchoq holatlarini kuzataman. Hurmatli ota-onalar bolaning ruhiy zo‘riqishida siz:

🙏“Tuzukmisan? Seni bir nima bezovta qilayotganga o‘xshaydi?
🙏Ahvoling yaxshimi? Men qanday yordam berishim mumkin?», deb murojaat qiling.


📍Unga o‘z fikrlarini yig‘ishga yordam bering, qayta ifodalashdan  (“Demak, seningcha....shundaymi?”) foydalanishingiz mumkin, yaʼni uni aytgan fikrlarida asosli gaplarini o‘ziga qaytadan eshittirishingiz kerak.

📍Hech nima bo‘lmaydi, hammada ham o‘ziga yarasha muammolari bor, hamma yashaydi, sen ham shular qatorida chidab, yashaysan!”, degan iboralarni ishlatmang. Chunki, bola  irodasizlikni qabul qilishni, o‘zini kuchsizligini, keraksizligini tan olishni istamaydi.

📍 Kelajak bilan bog‘lashga urinib ko‘ring. “Yaqinlaringni o‘ylamaysanmi?”, degan savol o‘rniga muammosining yechimiga qaratilgan yo‘llar haqida birgalikda fikrlashga intiling.

📍
Uni kelajak bilan bog‘lovchi omillar haqida o‘ylang.
Ruhiy taranglikni yuzaga keltirgan sababni aniqlang.

📍Savol-javob orqali  avval uni qiynayotgan holatni aniqlab, so‘ngra o‘ziga ishonch xislatini oshirish orqali muammo yechimini birgalikda topishga tayyorligingizni ifodalang.

📍Chorasiz qolgan o‘smirni suhbat davomida tortinmasdan gapirishga undash lozim, hattoki nafrat, uyat yeki birovdan qasos olishi to‘g‘risida siz bilan o‘rtoqlashishi mumkinligini ayting. Agar shunda ham, u sizga gapirmasa, siz unga imkoniyat bering: “Menimcha, sen nimadandir juda qiynalib turibsan”, — yoki: “Yig‘lamoqchi bo‘lsang, mayli yig‘la, bu senga biroz bo‘lsa-da yengillik beradi”.

📍Shuningdek: “Sen biroz o‘zingda emassan, balki menga o‘z muammolaringni aytarsan, men seni tushunishga harakat qilaman”, degan gaplarni ishlatishingiz maqsadga muvofiqdir.

📍Ruhiy bosimni ota-ona, o‘qituvchi yoki tengdoshlar bilan bo‘lgan shaxslararo nizolar keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Inson biror bir yo‘qotish yoki ichki kasallikdan aziyat chekishi mumkin.


🔹 Bolaga nimalar ijobiy taʼsir qilganini ham aniqlashga urinib ko‘ring. Yaxshi xotiralarini surishtirishga, uni o‘sha yaxshi davrlari to‘g‘risida o‘ylab, ijobiylik holatiga qaytishiga harakat qiling.                               

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi psixologi Muhayyo Asronova