Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.73K subscribers
14.9K photos
1.24K videos
45 files
4.38K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Italiya Maorif vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Italiyaning Rim shahrida dunyoning 70 dan ortiq mamlakati taʼlim sohasi rahbarlari bilan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Tashrif doirasida Usmon Sharifxodjayev Italiya Maorif vaziri Juzeppe Valditara bilan uchrashib, hamkorlik aloqalari, jumladan, ikki davlat o‘rtasida pedagoglar malakasini oshirish, maktablar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston maktablarida italian tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Italiya Maorif vaziri o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolashga kelishib olindi hamda kelishuv loyihasi muhokama qilindi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
#Seminar_trening

🔴 LIVE

Joylarda “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda

Suratlarda Andijon, Jizzax, Farg'ona, Termiz, Qarshi, Samarqand shaharlaridagi jarayonlar aks etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube