Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью.
#Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forwarded from Hilola Umarova
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi
Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:
✅Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
✅Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.
✅Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.
✅Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.
Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
✅Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.
✅Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.
@hilola_umarova

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-Green sinf o'quvchisi chet tili bilish darajasi bo'yicha sertifikatga ega bo'ldi.
🔹Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 11-Green sinf o'quvchisi Nazarov Muhammadali Xolmatjon O'g'li chet tilini bilish darajasi bo'yicha IELTS dan 8.5 ball yig'di.
🔰Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o'quvchimizning kelgusi ta'lim jarayonlarida omad va zafarlar tilaydi.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz
❗️ YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!
🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.
📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 5-sentabr sanasidan start berildi.
⏰ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
➖ mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
➖ xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.
🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
➖shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
➖nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
➖IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).
✅ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
➖ halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
➖ liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
➖ zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.
🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
#ishga_taklif_etamiz
➖shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
➖nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
➖IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#sport_maktablari
#Osiyo_chempionati
⚡️BAHODIR JALOLOV IZDOSHLARI XALQARO MUSOBAQADA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETMOQDA
Joriy yilning 27 avgust – 10 sentabr kunlari Abu-Dabi shahrida (BAA) sportning boks turi boʻyicha oʻsmirlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur xalqaro musobaqada Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 8-sinf o‘quvchi-sportchilari Asilbek Roʻzimboyev 33 kg vaznda final yo’llanmasini qo’lga kiritgan bo’lsa, Javlonbek Muhammadisoqov 40 kg vazn toifasida bronza medali bilan musobaqani yakunladi.
Oʻquvchimiz Asilbek Ro’zimboyevga finalda gʻalaba qozonib, Vatanimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishiga tilakdoshmiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Ochiq_muloqot
#Сўх
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumani pedagoglari bilan uchrashdi.
Unda 200 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
❗️ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan muloqot davomida o‘qituvchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.
Ishtirokchi pedagoglar Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘xdagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Vazir Hilola Umarova so‘zi avvalida ustozlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar davomiy bo‘lishini, hududdagi o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafar pedagog “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin