Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.3K photos
1.09K videos
38 files
3.71K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_oʻquv_yili
#maktablarimiz_haqida

🤩Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari 2024-2025 oʻquv yiliga tayyor holatga keltirilib, Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon oʻquvchilarini kutmoqda.

📍Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university
#xalqaro_ilmiy_konferensiya

🤩 Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida Oʻzbekiston va Xitoy olimlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida vakillik nazariyasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu muhim ilmiy anjuman doirasida nafaqat Oʻzbekiston hamda Xitoy, shunindek, Janubiy Koreya, Chexiya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning yetakchi olimlari oʻzaro tajriba almashib, sohadagi eng soʻnggi yutuqlarni muhokama qilishadi.

Konferensiya ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, matematik va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratish uchun ham katta ahamiyatga egadir.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti ilm-fan taraqqiyoti uchun muhim maydon boʻlib, ushbu tadbir kelgusida yanada koʻplab xalqaro ilmiy loyihalarga zamin yaratadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

Buxoro shahridagi Prezident maktabida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab “Vatanimni ta’riflayman” mavzusidagi taqdimotlarga start berildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-trening
oʻtkazildi.

Farg’ona, Navoiy , Nurafshon shahridagi Prezident maktablari, Shayxontohur, Sergeli tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari, Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari SAT va IELTS sertifikatlarini yuqori natijalar bilan qoʻlga kiritdi.

Nukus, Fargʻona, Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 100 foizlik grant asosida xorijiy va mahalliy universitetlarga oʻqishga qabul qilindi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida shanbalik tadbiri
oʻtkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Chempion maktablar" kasbiy rivojlanish loyihasi doirasida davra suhbati
tashkil qilindi.

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Koreya Respublikasining oʻndan ziyod universitetlari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi”
oʻtkazildi.

Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va mahalliy oliygohlarga oʻqishga kirgan bitiruvchilar bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Kogon shahar hamda Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida Singapurning "Marshall Cavendish Education" xalqaro ta'lim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglariga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#diqqat_eʼlon

🔔PEDAGOG OʻQITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi boʻsh ish (vakant) oʻrinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari oʻtkaziladigan binolarida boʻlib oʻtdi.

🟢Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadigan hamda tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga!

📍Tanlovning 3-bosqichi joriy yilning 23-24 avgust kunlari hududlardagi PREZIDENT MAKTABLARIDA suhbat boʻlib oʻtadi:

🪪 Tanlovning 3-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishini eslatib oʻtamiz.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

MAXSUS REPORTAJ | YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK


🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika oʻquv-treningi oʻtkazildi
#23aug #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023/2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.

Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.

Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:

1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,

2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,

3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.

Gʻoliblarga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.

Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Shuni bemalol aytish mumkinki, ushbu tanlov sabab xorijiy tillarni oʻrganish jarayoni maktablarimizda umummilliy harakatga aylandi.

Yana bir quvonarli statistikani keltirsam, chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.

Bugungi tanlovda gʻolib boʻlgan barchani tabriklayman. Aziz yoshlar, oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganishdan charchamang!
#Xorijiy_tillar
#Fotoreportaj

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM