Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
“Turon” maktab teatri Respublika tanlovi: iqtidor egasi bo‘lgan o‘quvchilarimiz o‘zlarini sinab ko‘rishmoqda

O‘quvchilarimizni bolaligidan boshlab adabiyot, san’at va madaniyatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning shaxsiyatiga go‘zallik va ezgulikni singdirish, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bunda estetik did, ijodkorlik qobiliyati o‘sadi.

Hozirda xuddi shu maqsadda tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda.

Unda maktablarimizning 7-10-sinf o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari faol qatnashib, o‘z iqtidorlarini namoyish qilishmoqda.

Ushbu tanlov orqali maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini ham qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz.

Yoshlarimiz tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilayotgan asarlar barchamizda katta taassurot qoldirayotgani esa quvonarli.

Ahamiyatlisi, bu tanlov orqali Respublikamizdagi barcha maktablarni qamrab oldik, unda 80 ming nafardan ortiq yoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirishni ham rejalashtirganmiz.

Gʻolib bo‘lgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Shunday ekan, ijodiy tanlovda barcha o‘quvchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilab qolaman.
#Farğona_shahri
#Robot_Gumanoid

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha “Robot Gumanoid” loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etilmoqda.

🤖 Bugun Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ham “Robot Gumanoid” loyihasi doirasida hududimizdagi ixtisoslashtirilgan maktablar mutaxassislari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening mashg‘ulotlar davomida amaliy ishlarga alohida e'tibor qaratilib, barcha ishtirokchilar texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha yo'riqnoma bilan tanishib amaliy jarayonlarda o'z tajribalarini boyitdilar.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#sayyor_qabul

⚡️AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan fuqarolar qatnashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish, og‘irini yengil qilish, ko‘mak berish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird PISA 2025 tadqiqotlari va uning o’tkazilish tartibi haqida.

🗣Ma'lumot uchun, PISA 2025 tadqiqotlarida O'zbekiston 2-marta ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM