Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.55K subscribers
12.9K photos
1.12K videos
39 files
3.84K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, keng koʻlamli ishlar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkilotining maxsus vakili Darren Perrett Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🗣Hamkorlik doirasida Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#amaliy_mashgʻulotlar
#jarayon

🌱 Tabiatni asrash – hayotni asrash

⚡️
Fargʻona shahridagi Prezident maktabining Tarbiya fani oʻqituvchisi A.Isamuddinov 7-green sinf oʻquvchilari uchun navbatdagi darsni tabiat qoʻynida oʻtkazdi.

Bu kabi darslar oʻquvchilarning atrof-muhitga oqilona munosabatda boʻlishiga, tabiat neʼmatlaridan oqilona foydalanib uni asrab-avaylash ruxida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Telegram manzilimiz|Facebook sahifamiz|
#rahbarlar_tanlovi
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 TANLOV NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘sh (vakant) rahbar lavozimlariga oʻtkazilgan tanlovning natijalari eʼlon qilindi.

❗️Tanlov natijalari bilan job2.piima.uz platformasi orqali tanishishingiz mumkin:

Natijani bilish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_birinchi_bosqich

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi ehtiyoj mavjud boʻlgan fan oʻqituvchilarini saralab olish maqsadida oʻqituvchilar tanlovining birinchi bosqichi (saralash) joriy yilning 13-22-oktabr kunlari oʻtkaziladi.

📆 Tanlovning 1-bosqichida hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 13-oktabr kuni soat 09:00dan boshlab 22-oktabr kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

❗️Eslatma, hujjatlar job.piima.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 71 207 20 17 (ichki raqam 609, 611, 606).

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hukumat soati”: ta’lim sifatini oshirish va o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasidagi ishlar holati qanday?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va ta’lim dasturlarini takomillashtirish borasidagi vazifalardan kelib chiqib, sohadagi boshqaruv tizimini tashkil etishga qaratilgan qonunchilikning bajarilishi holati to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildilar.

Prezident maktablari tajribasi asosida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun 3 bosqichli kaskad usulida seminar-treninglar tashkil etilib, hozirgi kunga qadar 16 021 nafar matematika fani, 17 477 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilari o‘qitilgan. Yil yakuniga qadar esa barcha o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi.

BATAFSIL

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi  Farg'ona shahridagi Prezident maktabi oliy toifali geografiya fani o'qituvchisi , 21 yillik mehnat faoliyatiga ega pedagog , "Xalq ta'limi a'lochisi"- Dilfuza Izbaevaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:                                                                                                                       
"Ustoz-2020" milliy mukofoti tanlovida ishtirok etib, “Ta'limda innovatsion g‘oyalar” nominatsiyasi bo'yicha taqdirlangan;
Ta'lim muassasalarida ekologik madaniyat va tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Yashil makon” metodik qo‘llanmasi muallifi;
Pedagogik mahorat va Xalqaro baholash markazi tomonidan “Zamonaviy trener dasturi” doirasida o‘tkazilgan pedagogik mahorat mashg‘ulotlarida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
  Xalqaro iqtisod olimpiadasi Respublika bosqichida o‘quvchisi Jaloliddin Abdumo‘minov faxrli 3-o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi;
“Barqaror rivojlanish uchun ta'lim  sohasidagi ilg‘or tajribalar” mavzusidagi tanlovda faol ishtirok etdi va YUNESKO tashakkurnomasi bilan taqdirlandi;
 10 dan  ziyod  turli mavzulardagi dars ishlanmalari ommalashtirilgan;                                                                        
Mahalliy va mintaqaviy seminar va konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda;                   
O'quvchilari bilan birgalikda “Zamin” eco-education loyihasi doirasida "Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta'lim fondi (FEE) bilan hamkorlikda Eco-schools dasturida ishtirok etmoqda;
Farzandi Bexruz Izbaev “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” mukofoti bilan taqdirlangan hamda "El-yurt umidi" fondining 2023-yilgi tanlovi g'olibi;
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Beg'uborlikni bolalarimizdan o'rganamiz

🏢 Fargʻona shahridagi Prezident maktabida 2023-2024-o'quv yiliga qabul qilingan 5-sinf o'quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🗂 Uchrashuv avvalida maktabimizda faoliyat olib borayotgan tajribali ustozlar hamda o'quvchilarning ota-onalari muloqotda bo'ldilar. Muloqotda ta'lim jarayonlarida qo'llanayotgan zamonaviy yondashuvlar, to‘garaklar faoliyatlari haqida maʼlumot berildi.

📌 Shuningdek, o'quvchilarning ota-onalari uchun tayyorlangan musiqiy chiqishlari barchada yuqori kayfiyat uyg'otdi. Tilaklar bitilgan maktublari bolalar tomonidan o'z ota-onalariga sovg'a qilindi.

🔰Farzand tarbiyasida maktab va oila doimiy hamkorlik asosida ishlar ekan albatta yuksak marralarni egallashda o'quvchilar to'g'ri qaror qabul qiladi.


🌐 Telegram manzilimiz | Facebook sahifamiz |