Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Live

🔴Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, olimpiada gʻoliblari, ularning ota-onalari va oʻqituvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏 4 ta nufuzli olimpiadada — 11 ta medal

Joriy yilda yurtimiz oʻquvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza), xususan:

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida 87 ta davlat (340 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida — 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza;

Buyuk Britaniyaning Bat shahrida 110 ta davlat (600 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 65-Xalqaro matematika olimpiadasida — 2 ta kumush, 3 ta bronza;

Eronning Isfaxon shahrida 46 ta davlat (230 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida — 1 ta bronza;

Misrning Aleksandriya shahrida 91 ta davlat (362 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta bronza, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda 61 ta (10 ta oltin, 15 ta kumush va 36 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.

___

👏11 медалей на 4 престижных Олимпийских играх

В текущем году учащиеся нашей страны завоевали 11 медалей (1 золотую, 4 серебряных и 6 бронзовых) на самых престижных международных олимпиадах, в частности:

56-я Международная олимпиада по химии в Эр — Рияде, Саудовская Аравия, с участием 87 стран (340 учащихся) 1 золото, 2 серебра, 1 бронза;

На 65-й Международной олимпиаде по математике в Бате, Великобритания, с участием 110 стран (600 учащихся) — 2 серебра, 3 бронзы;

На 54-й Международной олимпиаде по физике в Исфахане, Иран, с участием 46 стран (230 учащихся) — 1 бронза;

На 36-й международной олимпиаде по информатике, проходившей в Александрии, Египет с участием 91 страны (362 школьника), была завоевана 1 бронза, а также 61 медаль (10 золотых, 15 серебряных и 36 бронзовых) на региональных международных олимпиадах.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Men uddaladim, siz-chi?” — olimpiada g’oliblarining ustozi Mohira Boltayevaning hikoyasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot

Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.

Bugungi taqdirlash marosimida:

oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;

kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;

bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.

👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gʻoliblarning ustozlari ham gʻolib: 11 million soʻmdan 18 million so‘mga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi 346-son Qaroriga koʻra:

xalqaro (astronomiya, geografiya, iqtisod va xorijiy tillar) olimpiadalarning:

oltin medal sohiblariga — 56,25 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 18,75 mln. soʻm;
kumush medal sohiblariga — 37,5 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 13,125 mln. soʻm;
bronza medal sohiblariga — 18,75 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 11,25 mln. soʻm.


mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning:

oltin medal sohiblariga — 4,5 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 18,75 mln. soʻm;
kumush medal sohiblariga — 3,0 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 13,125 mln. soʻm;
bronza medal sohiblariga — 2,25 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 11,25 mln. soʻm beriladi.

👉 Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy taʼlim muassasalariga kirishda oʻz fanidan maksimal ballga ega boʻladi.

Bundan tashqari, oʻquvchini olimpiadalarga tayyorlagan oʻqituvchining malaka toifasi bir pogʻona koʻtariladi, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiada gʻoliblari hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 100 foiz har oylik ustama oladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤️
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Madina, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Daler Rahimov

Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.

56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.

Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.

Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.

Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asl qahramonlar kim?

Bugun yuzdan ortiq taqdirlanayotgan yoshlar hamda oʻqituvchilar nigohida xursandchilik, hayajon va gʻururni his qildik. Men esa oʻsha daqiqalarda ota-onalarga yuzlanib, ularning har biriga qayta-qayta rahmat aytgim keldi. Chunki ota-onaning ishonchi va koʻmagisiz oʻquvchi va oʻqituvchilarning mehnati yuzaga chiqmasdi.

Qadrli ota-onalar, farzandingizga bergan e'tiboringiz uchun men ham sizlardan minnatdorman.

Bugungi medallarning hammasi SIZNIKI!

@hilola_umarova
⚡️Rishton tumanidagi o'qituvchilari uchun seminar-trening o'tkazildi

🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktabining xorijiy, mahalliy pedagog xodimlari tajriba va malakalarini hududlardagi maktab o'qituvchilariga o'rgatish maqsadida o'quv jarayonlari tashkil etilmoqda.

🔸Xususan, Rishton tumandagi maktab o‘qituvchilari uchun "Zamonaviy ta'lim - bugungi natijalar" mavzusida navbatdagi o'quv jarayonlari tashkillandi.

🔰 Bunda Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Paul Rowbotham ishtirok etib, dars mashg‘ulotlarida zamonaviy metodlardan foydalanish, o‘quvchilarni fan doirasida bilimlarini boyitish hamda tinglovchi emas ishtirokchi sifatida jalb qilish borasidagi tajribalarini o'rtoqlashdi.

❗️Eslatib o‘tamiz, bu kabi o'quv-seminarlar yil davomida tashkillanishi rejalashtirilgan.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
⚡️ Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Texnologiya fanida robototexnikani rivojlantirish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi

🔹Dastavval Farg'ona viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Maftuna Odilxujayeva trening ishiga muvaffaqiyat tilab, o'qituvchilarning seminar mashg‘ulotlariga taklif qildi.

🔰 Seminardan asosiy maqsad Robototexnikadan o'quv loyihalarini amalga oshirish, o'quvchilarning qiziqishlari asosida dasturlar tayyorlash va faol o'rgatish, robototexnika vositalarini ishga tushirish hamda foydalanish ko'zda tutilgan.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|