Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
📖 "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" nomli asar muallifi Shermatov Qobiljon bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

📝Farg'ona shahridagi Prezident maktabida farg'onalik yosh ijodkor, bolalarning sevimli yozuvchisi Shermatov Qobiljon ishtirokida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

📌 Uchrashuv davomida ijodkor qalamiga mansub "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" nomli asarning yaratilishi tarixi, bugungi bolalar adabiyotidagi dolzarbligi hamda kitobxonlar tomonidan sevib qarshi olingani haqida fikr va mulohazalar tinglandi.

🔰Asar sodda, beg’ubor tarzda yozilgan bo'lib, sho‘x-shodon qalbi orzularga to‘la Bahodir va Baxtiyorning qiziqarli sarguzashtlariga bag‘ishlangani kitobxonlarda katta
taassurot uyg‘otadi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.
Forwarded from Hilola Umarova
Kecha badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi kubogi” g‘oliblarini taqdirladik.

Musobaqa 1-4-sinf o‘quvchilari bo‘lgan qizlar orasida o‘tkazildi. Tafsilotlar vazirlik sahifasida berilgan.

Taqdirlash marosimidan keyin g‘oliblar yutuqlarini nishonladi. G‘olib bo‘la olmagan qizaloqlarni esa ovutish oson kechmadi. Qani endi hamma g‘olib bo’lsa, hech kim yutqazmasa.

Rasmdagi qizaloqning ismi Sevara. U Nukus shahridan kelgan, hali 7 yoshda. Afsuski, Sevaraga bu safar omad kulib boqmadi.

Hayot ham shunday, doim ham g‘olib bo‘lish imkonsiz. G‘alabaga erishish oson emas, yo‘lda to‘siqlar, mag‘lubiyatlardan o‘tiladi. Mana shunda g‘alaba yanada shirin, qadrli bo‘ladi. Sevara, bu oxirgi mag‘lubiyating bo‘lsin, kelasi safar seni shohsupada ko‘rish nasib qilsin.

#yakshanbadagifikrlardan

@hilola_umarova
#sport_maktabi

🤩 Agentligimiz tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining bir guruh o‘quvchilari xalqaro musobaqada gʻolib boʻldi.

Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahrida sportning boks turi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqada sport maktabimiz oʻquvchi-sportchilari 6 ta oltin, 4 ta kumush hamda 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.

O‘quvchilarimizga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM