Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.3K photos
1.09K videos
38 files
3.7K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"International inclusive hub"da kreativ va IT industriyaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi imtihonli qabul o‘tkazilmoqda: Teatr san’ati, Zamonaviy keramika, Rangtasvir, Fashion-dizayn, Media, Robotexnika va mexatronika, Grafik dizayn, 3D modellashtirish, AKT.

Yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirish uchun Polimoda dizayn va moda instituti direktori Massimiliano Jornetti tashrif buyurdi. Mashhur italiyalik dizayner shaxsiy kolleksiyani yaratishda nimaga e’tibor qaratish kerakligi, milliy merosdan qanday foydalanish, stereotip fikrlash chegaralaridan chiqish, nima ilhom manbai bo‘lishi mumkinligi va moda olamida o‘z brendini qanday targ‘ib qilish haqida so‘zlab berdi. Xabdagi Fashion-dizayn yo‘nalishining birinchi qabul o‘quvchilari o‘z ishlarini namoyish etishdi va ustoz dizaynerdan foydali maslahatlar olishdi.

В International inclusive hub проходит первый экзаменационный набор по следующим направлениям в креативной и IT-индустрии: Театральное искусство, Современная керамика, Живопись, Fashion-дизайн, Медиа, Робототехника и мехатроника, Графический дизайн, 3D-моделирование, ИКТ.

Поддержать и вдохновить юных дизайнеров приехал директор Института дизайна и моды Polimoda Массимилиано Джиорнетти. Знаменитый итальянский дизайнер рассказал, на что нужно обращать внимание при создании собственной коллекции, как использовать национальное наследие, выходить за рамки стереотипного мышления, что может послужить вдохновением и как продвигать свой бренд в мире моды. Ученики первого набора Fashion-дизайн в Хабе продемонстрировали свои работы и получили конструктивные советы от мэтра.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo xalqaro maktabida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrifning ikkinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabi oʻqituvchilari uchun kasbiy rivojlanish dasturi hamda taʻlim-tarbiya jarayonida innovatsion yechimlar, raqamli qoʻllab-quvvatlash tizimi va "Letovo" diplom tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Letovo xalqaro maktabining bir qator rahbar xodimlari, jumladan akademik direktor oʻrinbosarlari, xalqaro bakalavriatning "MYP" hamda "DP" dasturlarining koordinatorlari va maktab maslahatchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Maktab kafedralari boʻyicha sayohat, fizika, matematika, axborot texnologiyalari hamda ingliz tili darslari kuzatildi.

Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

Buxoro, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Koreya Respublikasining hududiy ta’lim qo‘mitasi vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan
tanishdi.

Guliston, Qarshi shahridagi Prezident maktablari o‘quvchilari yuqori natija bilan xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Start-Up” loyihalar tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabi va Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik  memorandumi
imzolandi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan muloqot
o‘tkazildi.

Toshkent, Nurafshon, Namangan
shahridagi Prezident maktablari,
Halima Xudoyberdiyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida “Xalqaro tinchlik kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar va sport musobaqalari tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida Urganch tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni"
o‘tkazildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi
bo‘lib o‘tdi.  

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ijodiy tanlov
e’lon qilindi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yosh akademiklar” klubi faoliyati
yoʻlga qoʻyildi.

Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari
o‘zaro tajriba almashdi.

Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxona fondiga qiymati 25 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi
topshirildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi va Sirdaryo viloyat yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ICT WEEK haftaligida
ishtirok etdi.

Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida o‘quv-uslubiy yig‘in
o‘tkazildi.

Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi ta’lim maskanlari pedagoglari ishtirokida yangi baholash tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Farg'ona shahridagi Prezident maktabida “Besh tashabbus” sport o'yinlari doirasida sportning "Voleybol" turi bo'yicha musobaqasi bo'lib o'tdi.

🔹Yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam ravishda shug'ullanib borishlari, sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

🔰Jumladan, Fargʼona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari hamda Farg‘ona shahridagi 41-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.

🏆 Sport musobaqalarining qiziq jihatlaridan bir bu chaqqonlik va tezkor qaror qabul qilish bo'lib, bunda jamoaviy o‘yinlar muhim o‘rinni egallaydi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|