Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.79K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-Green sinf o'quvchisi chet tili bilish darajasi bo'yicha sertifikatga ega bo'ldi.

🔹Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 11-Green sinf o'quvchisi Nazarov Muhammadali Xolmatjon O'g'li chet tilini bilish darajasi bo'yicha IELTS dan 8.5 ball yig'di.

🔰Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o'quvchimizning kelgusi ta'lim jarayonlarida omad va zafarlar tilaydi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 5-sentabr sanasidan start berildi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).


Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari
#Osiyo_chempionati

⚡️BAHODIR JALOLOV IZDOSHLARI XALQARO MUSOBAQADA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETMOQDA

Joriy yilning 27 avgust – 10 sentabr kunlari Abu-Dabi shahrida (BAA) sportning boks turi boʻyicha oʻsmirlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur xalqaro musobaqada Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 8-sinf o‘quvchi-sportchilari Asilbek Roʻzimboyev 33 kg vaznda final yo’llanmasini qo’lga kiritgan bo’lsa, Javlonbek Muhammadisoqov 40 kg vazn toifasida bronza medali bilan musobaqani yakunladi.

Oʻquvchimiz Asilbek Ro’zimboyevga finalda gʻalaba qozonib, Vatanimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishiga tilakdoshmiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_muloqot
#Сўх

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumani pedagoglari bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

❗️ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan muloqot davomida o‘qituvchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.


Ishtirokchi pedagoglar Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘xdagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Vazir Hilola Umarova so‘zi avvalida ustozlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar davomiy bo‘lishini, hududdagi o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafar pedagog “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IOI_2024

⚡️XALQARO OLIMPIADADA SOVRINLI OʻRIN

Misrda
90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi sovrinli oʻrinni egalladi.

🤩 Xususan, Agentligimiz tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov o‘zining ajoyib bilimlarini namoyish etib, "honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

Yoshlarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 9-Green sinf o'quvchisi "ClimateScience 2024" xalqaro olimpiadasi finaliga chiqdi.

🔹Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 9-Green sinf o'quvchisi Abduqodirov Hadyatulloh Xabibulloh o'g'li "Atrof muhitni muhofaza qilish" bo‘yicha xalqaro olipmiadaning finalchisiga aylandi.

🔰Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi o'quvchimizning kelgusi ta'lim jarayonlarida omad va zafarlar tilaydi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana yangi oʻquv yilini ham boshlab oldik. Ilk safar va pedagoglar bilan uchrashuvni Soʻx tumanidan boshlashni niyat qilgandim. Shu maqsadda kecha Soʻxga bordik, kunning birinchi yarmida tumandagi pedagoglar bilan uchrashib, ochiq muloqot qildik.

Tumanda oʻzgarishlar katta, birgina joriy yildagi investitsiya davlat dasturi asosida 3 ta maktab, 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan barpo etilib, qoʻshimcha 360 oʻrin yaratildi. Yana bitta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Kunning ikkinchi qismida yangi qurilgan, 120 oʻringa ega 30-sonli MTTda boʻldim. Bolajonlar bilan suhbat, mashgʻulotlarda qatnashish, ularni tinglash, mahoratlarini koʻrib zavqlanish – men uchun kechagi kunning eng yorqin voqeasi boʻldi.

Tuman bilan bogʻliq maqsadlarimiz katta, birgina misol: Soʻxda maktabgacha qamrov – 70,8 foiz boʻlib, yil oxiriga qadar 76 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu vazifalarni jonkuyar pedagoglar, jamoamiz, taʼlimga befarq boʻlmagan insonlar koʻmagida uddalaymiz, albatta!

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas
#Farğona_PM

⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Xon atlas" festivali davom etadi.

📌 Farg'ona, milliy matolar makoni. Ipak tolalari jilo berayotgan mo'jaz maskandir. Matolarimiz mana ming yillarki o'zbek xalqining madaniyati va ma'naviyatidan darak berib kelmoqda. Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.

🔰Milliy qadriyatlar va liboslarimiz chinakam sharqona tarbiyamiz mahsulidir.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|