Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.64K subscribers
14.2K photos
1.19K videos
44 files
4.16K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada
#ISO

🤩 Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi.

Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad)da oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xalqaro olimpiadada oʻquvchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin va kumush medallarini qoʻlga kiritdi:

🥇Oltin medal – Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

🥇Oltin medal – Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥇Oltin medal – Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal –Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi.

🗣Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.

💫 Ushbu yutuqlar bilan oʻquvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 15-avgust sanasidan start berildi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega boʻlishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega boʻlishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” o’z ishini boshladi

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy III “Ustozlar Milliy forumi” bo’lib o’tmoqda.

Ushbu tadbir yangi o’quv yili oldidan ilg’or metodikalar va sohadagi yangiliklarni o’qituvchilarga yetkazish maqsadida har yili o’tkaziladi.

Mahorat darslari umumta’lim fanlari, maktabgacha ta’lim, ma’naviyat kabi yo’nalishlarni qamrab olgan.

Trening mashg’ulotlari 2 kun davom etadi.
___
Ma’lumot o’rnida: jarayonlar Toshkent viloyatidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo’lib o’tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ISO
#kutib_olish

🤩 Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etib, oltin va kumush medallariga sazovor boʻlgani haqida xabar bergan edik.

⚡️ Mazkur olimpiada ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM