Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar oʻz ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻrin olgan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun poytaxtimizning maʼnaviy-maʼrifiy maskanlariga sayohat rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti mezbonlik qilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir joriy yilning 17-mayiga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Jo‘rabek Jangirov
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024

⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00 gacha

📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot.

🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🕊X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Italiyalik mashhur olim Luciano Rezzollaga faxriy professor unvoni berildi

“Yangi O‘zbekiston” universitetining ilmiy hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotganligi va global miqyosda fizika hamda astrofizika sohalari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun professor Luciano Rezzolla faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, professor tomonidan fizika va astrofizika sohalariga qiziquvchilar uchun qora tuynuklar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darslarining davomi sifatida panel muhokamasi tashkil etilib, unda akademik Bobomurot Ahmedov, akademik Qodir G‘ulomov, akademik Shuhrat Egamberdiev va professor Rainer Spurzemlar ishtirok etishdi va so‘nggi yillarda fizika sohasida erishilayotgan yutuqlar tahlil qilindi.

Bugungi tadbir yig'ilganlar uchun o‘z bilim va salohiyatlarini yanada oshirish bo‘yicha ajoyib imkoniyat sifatida baholandi.


❗️Maʼlumot uchun, “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

📶 Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Фаргона - Муминов Обидхон
#xalqaro_hamkorlik
#Farğona
#CIS

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tomonidan o‘rganishlar davomidagi yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

🔰
Prezident maktabining pedagog jamoasi va boshqaruv xodimlari ishtirokidagi davra suhbatida, Domainlar bo‘yicha guruhlar taqsimlanib, ta'lim jarayonlarini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar va loyihalar muhokamasi tashkillandi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad oʻqituvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribalar asosida ta'lim olib borishdir.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga oʻqishga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun ajoyib yangilik!

Germaniyaning Frankfurtdagi Gyote universiteti Nazariy astrofizika kafedrasi mudiri Luciano Rezzolla “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan talabalar almashinuvi dasturi yoʻlga qoʻyilishi haqida aytib oʻtdi.

Luciano Rezzolla - dunyodagi eng kuchli professorlardan biri boʻlib uning “Hirsh indeksi” 104 ga teng. Suhbat davomida u universitetimiz talabalari uchun darslar tashkil qilmoqchi ekanligi haqida aytib oʻtdi.

Shuningdek, mashhur olim fizika fanini oʻrganishning qanchalik dolzarbligi haqida ham fikr bildirdi.

👉 Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga qabul davom etmoqda: https://newuu.uz/apply/masters

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM