Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#TDT

📍 Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi davom etmoqda.

❗️ Yig’ilish doirasida bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
✔️ Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari
Firudin Gurbanov,
✔️ Turkiya delegatsiyasi rahbari Nazif Yilmaz
bilan uchrashib, o‘zaro muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining yig’ilishi ham bo’lib o’tdi.

✔️Unda TDT, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ta’lim vazirliklari ishchi guruhlari tomonidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?

Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.

Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?

Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?

Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ishga_talkif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️ O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan RAHBAR VA PEDAGOG kadrlar diqqatiga!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
pedagogik oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham o'qituvchi sifatida tanlovda ishtirok etishi mumkin);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
malaka toifalar haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar;
pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari (agar mavjud boʻlsa).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

📆 Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga nechanchi sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi.

Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi. Bunday ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik kabi qobiliyatlar yanada rivojlanadi.

📌 Yuqoridagi videolavhada Buxoro shahridagi prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#eslatma

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

❗️O'qishga ariza topshirganingizda telefon raqamingizga sms xabar shaklida yuboriladigan identifikatsiya raqamini saqlab qo'yishingizni so'raymiz.

Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_Prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabida yakuniy imtihonlar (End of Year exams ) haftaligi davom etmoqda.

📌Ushbu imtihondan fotolavhalar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram  |Youtube |Telegram
Vanihoyat! 2-mavsumga qabul boshlandi 🔥

O'sha onlar keldi azizlar, Mehnatsevar loyihasi doirasida tashkil etilayotgan Skills Camp oromgohiga qabul rasman ochiq deb e'lon qilinadi 🚀

❗️Ro'yxatdan o'tishdan avval barcha qoidalar bilan tanishib chiqing

👉🏻RO'YXATDAN O'TISH

Qabul 16.06.2023 soat 15:00 gacha davom etadi.


Hoziroq ro'yxatdan o'ting 🔥


Instagram | Telegram | YouTube
Forwarded from Ibrat Farzandlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏕️ «Ibrat Camp» yozgi mavsumi uchun qabul davom etmoqda

Oromgohimizning navbatdagi mavsumida ishtirok etishni xohlaysizmi, hoziroq roʻyxatdan oʻting.

❗️Qabul yopilishiga 2 kun qoldi.

📌 Batafsil ma’lumotlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun link.

@ibratfarzandlari
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul

📢 DIQQAT E'LON!

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

📩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib, Agentlik
rejalashtirilganidan oldinroq yaʼni 20-iyundan – 10-iyulga qadar Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini maʼlim qilamiz.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
• Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🕊Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Хивада бўлиб ўтган Абу Райҳон Беруний номидаги биринчи халқаро кимё олимпиадаси иштирокчилари ва ғолиб ҳамда совриндорларини табриклайман. Олимпиадада уч қитъанинг 16 давлатидан ёш олимлар иштирок этди.

Бундай нуфузли халқаро олимпиадалар Ватанимизда бўлиб ўтиши бежиз эмас.

Президентимиз саъй-ҳаракатлари билан  илмга ва илм аҳлига муносабат ўзгарди, олимларнинг қадри тиклана бошлади. Таълимга янги талаблар қўйиляпти, бутун тизим янгиланмоқда.

Олимпиадада иштирок этган ёшлар барча тенгдошлари учун ўрнак ва намуна бўлади.

___

Поздравляю участников, победителей и призёров первой Международной олимпиады по химии имени Абу Райхана Беруни, состоявшейся в Хиве. В олимпиаде приняли участие молодые учёные из 16 стран трёх континентов.

Неслучайно такие престижные международные олимпиады проводятся в нашей стране.
 
Усилиями нашего Президента изменилось отношение к науке и людям науки, ценность учёных начала восстанавливаться. К образованию предъявляются новые требования, обновляется вся система.
 
Молодые люди, принявшие участие в олимпиаде, станут примером для всех своих сверстников.