Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.5K photos
1.19K videos
49 files
3.95K links
Download Telegram
#Иштирокчилар_билан_таништирамиз
#Samarqand_2023

⚡️TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TA'LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA UCHRASHADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-IYUN kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta'lim vazirlarining VII yig'ilishi tashkil etilmoqda.

✔️ Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

📍Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.
________

📣 EDUCATION MINISTERS OF THE ORGANIZATION OF TURKIC STATES WILL MEET IN SAMARKAND!

The VII meeting of education ministers of the member-states of Organization of Turkic States is being organized by the Ministry of Preschool and School Education on June 13-14 this year in Samarkand.

✔️ The goal of this event is to expand cooperation in the field of education and determine common priority tasks among the member countries of the Organization of Turkic States.

The ministers of education of Uzbekistan, Turkiye, Kyrgyzstan, Azerbaijan, Kazakhstan and the Secretary General of the Organization of Turkic States and Adviser to the President of the International Turkish Academy are expected to participate in this prestigious event.

Vazirlikning
rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.

📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.

📆 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 10-iyunidan 30-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

👇Maktablarimizdagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://portal.piima.uz/page/o-quvchilar-bo-sh-o-rinlari

🗂 Qo‘shimcha ma'lumotlar bilan keyinroq batafsil tanishtirib boramiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#kutubxonachi
#Buxoro_Prezident_maktabi

🔴Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

📚 Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so'z bormoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram  |Youtube |Telegram
#Jonli_efir
#matbuot_anjumani
#qabul_2023

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etayotgan MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

▶️ JONLI EFIR

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#matbuot_anjumani

⚡️Bugun, 9-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shakirova, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Inom Xujamov hamda yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

Mazkur matbuot anjumanida:
🔹 Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2023-2024-o'quv yiliga hujjatlar qabuli;
🔹 Yangi o'quv yiliga tayyorgarliklar;
🔹 Talabgorlarning hujjatlaridagi o'zgarishlar;
🔹 Call-markaz faoliyati;
🔹 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish kabi savollarga batafsil javob berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📢 DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga;
O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlariga
hujjatlar qabuli boshlandi.

🎞
Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun o‘quvchining baholariga qanaqa talab qo‘yiladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan talabgorning baholar tabelida 5 baho ("a'lo") bo‘lishi talab etilmaydi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yo‘nalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2 xil, ya’ni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tashkil etiladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga 5-sinfga
tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_Prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabida yakuniy imtihonlar haftaligi davom etmoqda.

📌Ushbu imtihondan fotolavhalar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram  |Youtube |Telegram