Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.5K subscribers
13.7K photos
1.2K videos
52 files
3.99K links
Download Telegram
Buxoro shahridagi Prezident maktabi.

Buxoro shahar Prezident maktabida o'quvchilarning o'z-o'zini tasvirlashi, ijodiy o'z-o'zini anglashi, muloqot qobiliyatini rivojlanishi, ruhiyatidagi emotsional stresslarni kamaytirish va ularni ijodkorligini oshirish maqsadida maktab psixologi va rasm fani o'qituvchisi hamkorligida 7-blue sinfi o'quvchilari bilan Art terapiya mashg'uloti o'tkazildi.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi

Buxoro shahridagi Prezident maktabida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida "Bilimdonlar" sport musobaqalarining uchinchi bosqichi bo'lib o'tdi!
Musobaqalarda barcha sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | 4 та Президент мактаби A-level имтиҳонларини ўтказиш маркази сифатида тан олинди
#13jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 30 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 30-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Bayramingiz muborak bo'lsin, Vatan himoyachilari!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz tinchligini saqlash yo'lida amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova tashkilot faoliyati va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari haqida ma'lumot berdi.

✔️Uchrashuvda Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut va Nottingham Trent universitetlari bilan imzolangan memorandumlar doirasida:

▶️ o'quvchilar almashinuvi;
▶️ o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari;
▶️ Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar olib borish kabi masalalarda hamkorlik qilish muhokama qilindi.
__
A meeting with the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of Uzbekistan to the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland Said Rustamov was held in the Agency.
Buxoro shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar uchun online darslar tashkil etilmoqda.
Malakali fan o'qituvchilari uydagi o'quvchilarga darslarni reja va jadvallar asosida o'tmoqdalar.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
Diqqat! Diqqat!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari va pedagog jamoalari o‘rtasida “Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovi e'lon qilindi.

🎇 Tanlov tashkilotchisi: Prezident ta'lim muassasalari agentligi.

♻️ Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
- Xalqimiz qadriyati, urf-odati va an'analari hamda ma’daniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;

- Maktablarda sifatli bilim olishda o‘quvchilarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;

- O‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari.

🌐 Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi.

Birinchi bosqich — ta'lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatga qadar loyihalar tayyorlanadi;
Ikkinchi bosqich — Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.

📊 Mazkur tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar hamda pedagoglarning ishlari 2022-yil 25-yanvarga qadar ta'lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhga taqdim etiladi hamda loyiha taqdimoti ko‘rsatiladi.

✳️ Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan loyihalar ishchi guruh tomonidan aniqlanib, ikkinchi bosqich uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligiga yuboriladi.

🏆 Tanlov g‘oliblari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.

Shoshiling, vaqt kam qoldi. Kreativ loyihangizni taqdim qiling hamda g‘oliblikni qo‘lga kiriting.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram