Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Ijod_maktablari
#Infografika

Ijod maktablariga qabul kvotasi va bo'sh o'rinlarga qabul rejasi bilan tanishing!

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Infografika

Prezident ta'lim muassasalari agentligining OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan 2022-yilning iyun oyi davomida taqdim etilgan axborot.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Infografika

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni imzolandi.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Shuningdek, advokat ekspertiza xulosasini ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishi mumkin.

Sud ekspertlik faoliyati bilan nodavlat tashkilotlar shugʻullanishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi kiritildi.
#Infografika
#Prezident_maktablari
#Ўқув_йили_натижалари

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHILARI JAMI 28 606 881 AQSH DOLLARI MIQDORIDA GRANTGA EGA BO'LISHDI!

2021-2022-o'quv yilida Prezident maktablarining jami 92 nafar bitiruvchisi xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan jami 28 606 881 AQSH dollari miqdori grantlarni qo'lga kiritishgan.

Bitiruvchilarning:

▶️2021-2022-o'quv yilidagi IELTS xalqaro imtihonidan o'rtacha bali 7,5 ballni, SAT dan esa 1400 ballni tashkil etmoqda.

XALQARO DARAJAGA CHIQISH

▶️Mazkur o'quv yilida barcha Prezident maktablari Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi.

▶️4 ta Prezident maktabi - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga a'zo bo'lishdi. Qolgan Prezident maktablari esa mazkur tashkilot a'zoligiga o'tish jarayonida.

👉Bu haqda batafsil saytimizda o'qing.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube