Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.5K subscribers
13.7K photos
1.2K videos
52 files
3.99K links
Download Telegram
Forwarded from BPS MUN
Acknowledging the Team Behind the Success! 🙌

A huge round of applause for the organizers, chairs, co-chairs, and volunteers, who were also recognized with certificates for their dedication and contributions to making this MUN event a grand success.

It was an incredible two days of exchanging knowledge, building connections, and growing together. Events like these remind us of the power of collaboration and learning.

We can’t wait to see you all again at future events! Stay tuned! 💬
#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ushbu qaror bilan ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash kerakligi belgilab qo’yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablar pedagog xodimlari uchun oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan olib borilib, metodik tavsiyalar berildi hamda taqdimotlar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕 Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi ilk kuni qanday o'tdi

🔥 IT oromgohimizning ilk kunidan o'quvchilar online va offline darslar boshlandi va o'quvchilarimiz Robototexnika, kibersport, dasturlash, 3D modeling, SMM, DevOps kabi o'nlab dars jarayonlarida faol qatnashishdi

🖥 Jarayonni batafsil video orqali tomosha qilishingiz mumkin

‼️ Eslatib o'tamiz "Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025" Qishki mavsumi 3-7 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.

🖥 IT oromgohimiz online va offline formatlarda o'z faoliyatini olib bormoqda

😉 Ayni damda IT oromgohimizda online va offline darslar bo'lib o'tmoqda jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tomosha qilib boring

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urinova Sitorabonu, an educator of the Presidential School of Bukhara, has participated and presented to the conference "International english language teaching standards and assessment tools" at Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro ingliz tilini o‘qitish standartlari va baholash vositalari” mavzusidagi konferensiyada Buxoro Prezident maktabi tarbiyachisi Urinova Sitorabonu ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | “Prezident, ixtisoslashtirilgan va umuta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida STEAM fanlarni o‘qitishda xalqaro tajriba” mavzusida o‘quv-amaliy seminari

#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizning sevimli professoringiz kim?

💥 Hayotidagi eng muhim tanlovlardan birini qabul qilishida sababchi bo'lgan, o'z professori kabi bilimli va tajribali bo'lishni orzu qiluvchi talabamiz hikoyasi bilan tanishing.

👍 To'liq video: https://youtu.be/lx7P3nFkVPg

Gap qaysi professor haqida ketayotganini bilish uchun to'liq videoni tomosha qiling.👆

Sizda ham professorlar bilan bog'liq qiziqarli hikoyalar bo'lsa, biz bilan aloqaga chiqing: @newuucontact_bot

🔁 English

#MeningSevimliProfessorim #professorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍

FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA MUROJAAT VA TAKLIFLAR TELEGRAM-BOTI YARATILDI

Fan olimpiadalari markaziga taklif va tavsiyalar telegram-boti ishga tushirildi.

🔵Endilikda siz oʻz murojaat va takliflaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri soha vakillariga ushbu telegram-bot orqali yoʻllashingiz mumkin.

🦠Har bir murojaat va taklif roʻyxatga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

❗️Zero sizning fikringiz biz uchun muhim

BOT bilan tanishish:👇
@FOM_murojaat_taklif_bot

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM