Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.9K photos
1.21K videos
52 files
4.01K links
Download Telegram
Хalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi Ekologik partiya deputati Boltayeva Qambar Abdullayevna 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan 01-52 “Afshormahalla” MFY hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi mavjud bo’lgan fuqarolar holidan mahalla raisi hamkorligida xabar oldi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya
#ikkinchi_kun

🤩 Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrifning ikkinchi kunida delegatsiya Bad Krozingen kardiologiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bad Krozingen kardiologiya markazi Germaniyaning yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan nomdor tibbiyot muassasalaridan biri. Tibbiyot sohasida katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali shifokorlar, ilmiy tadqiqotchilarni o‘zida jamlagan markaz eng zamonaviy diagnostika, davolash va jarrohlik uskunalari bilan jihozlangan. Har yili markazda 15 ming bemor davolanadi, 1000 ga yaqin yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkaziladi.

Agentlik direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolariga professor Alexander von Muhlen tomonidan markaz faoliyati haqida taqdimot o’tkazildi va davolanish maqsadida tashrif buyurgan bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi. Delegatsiya a’zolari Campus-tur davomida tibbiyot sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar orqali yurak jarrohlik amaliyoti jarayonini jonli kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Shundan soʻng, Frayburg universiteti faoliyati bilan tanishildi. Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mazkur universitetning Nevrologik va neyrofiziologiya kasalxonasi Bosh ijrochi shifokori Jurgen Bardutzky bilan istiqboldagi rejalar boʻyicha muloqotda bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov universitetida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro ahamiyatga molik loyihalari va dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, delegatsiya va Bad Krozingen kardiologiya markazi vakillari o‘rtasida tibbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir Islom taraqqiyot banki, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

📍 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI

🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.

📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.

❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Mehr va saxovat ulashishda davom etamiz...

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o’qituvchilar jamoasi tomonidan tashkil etilgan xayriya ehsoni bugun 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Amur Temur” MFY hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi mavjud bo’lgan fuqarolar holidan mahalla raisi hamkorligida xabar olindi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram