Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.5K photos
1.19K videos
48 files
3.94K links
Download Telegram
#Байрам_шукуҳи

Bayram tadbirlari doirasida kunning ikkinchi yarmida ustozlar uchun “Yangi O’zbekiston” bog’iga sayohat va “Bahodir Yalangto’sh” filmi namoyishi bo’lib o’tdi.

#Fotoreportaj #Bayram_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Bayramning_ikkinchi_kuni
#Fotoreportaj

🔹Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirlari doirasida bugun dastlab “Jadidlar. Turkistonga maktublar" nomli multimedia ko’rgazmasida sayohat tashkil etildi.

🔹Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchi-ustozlar Respublika bolalar kutubxonasida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

🔹Shundan so‘ng, Yangi O‘zbekiston bog‘iga sayohat uyushtirildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.

Avvalo, alohida o‘rnak ko‘rsatgan ta’lim sohasi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.

Kelgusi o‘quv yilidan yana 60 ta maktabda, jumladan, 10 ta ixtisoslashgan maktabda bu tajriba joriy qilinadi.

Kelajakda ushbu sinflarni tamomlagan o‘quvchilar shu yo‘nalishdagi oliygohlarga kirsa, ularga 2-kursdan maktabga borib kasbiy mahoratini oshirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Alohida qobiliyatga ega talabalarga dars o‘tgani uchun oylik ham to‘lanadi.

Prezidentimiz pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlari tashkil etiladi.

Klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida barpo etiladi va hududlardagi pedagogika institutlari boshqaruvida bo‘ladi.

Andijon va Buxoro pedagogika institutlari bunga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘mdan ajratadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sifatli ta’limning ajralmas qismi bo‘lgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Shu maqsadda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti yangidan tashkil etildi.

Ushbu institutning tarbiya sohasidagi milliy an’analarni o‘rganish, tiklash va zamonaviy ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini joriy qilish yo‘nalishidagi faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yoshlarimizda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishda kattalar ham ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishi, bolalarimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishlari kerakligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun tarbiyaga oid raqamli kontent yaratish topshirildi.

Ushbu kontent “Milliy tarbiya” elektron platformasiga va yetakchi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib, doimo yangilab boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.

#Mirziyoyev #muloqot #taʻlim #oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube