Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 37 548 taga, qamrov koʻrsatkichi 74,6 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi qamrovi 93 foizga yetganligini taʼkidlab oʻtdi.

Joriy oʻquv yilida 500 ta maktabda joriy etilgan yangi baholash tizimi natijasida mazkur maktablardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 6 foizga oshdi.

Tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirildi. 5. 7 949 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar oʻqituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etildi. “Menejerlik oʻquv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar oʻqitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar ham atroflicha tilga olib oʻtildi. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darjada tushganligi tanqid qilindi.

Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi oʻquv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-oʻqituvchilarini oʻqitish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilish davomida har bir rahbar oldiga tegishli yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
📣📣📣📣📣

⚡️ O'zbekiston terma jamoasi 26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika musoboqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

📝 Terma jamoamiz aʼzolari bilan tanishing.

Katta yoshlilar jamoasiga (Key Stage III):

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi.

Kichik yoshlilar jamoasiga (Key Stage II):
Amonov Mehmonbek Shavkatovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Mamajanov Azizbek Raxmonali o‘g‘li - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktab, 8-sinf o'quvchisi;
Mahkamova Dildora Begimqul qizi - Toshkent shahar, Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
Ostonov Baxtiyor Botirovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi.

💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI –  IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.  

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

📌Ushbu oromgohda Buxoro shahri Prezident maktabi 10- sinf o'quvchisi Bahodirova Farangiz ham faol ishtirok etyapti.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM