Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.5K photos
1.19K videos
49 files
3.95K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar!

Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir.

Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.

Aziz jurnalistlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz.

Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
Oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi, rejalarimiz qamrovi esa kundan-kun oʻsib bormoqda.

Mazkur jarayonlarni xalqimizga yetkazish, OAV va keng jamoatchilik vakillarining sohaga doir soʻrovlariga doimo “labbay” deb javob berib kelayotgan vazirlik va tizim tashkilotlari Axborot xizmatlari xodimlarining fidokorona mehnati biz uchun doimo qadrli.

Bayramingiz muborak boʻlsin, vazirligimiz Axborot xizmati jamoasi!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Agentligimiz tomonidan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk bor “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida tashkil etilgan Bitiruvchilar qurultoyi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:

Oʻzbekiston 24 | Bitiruvchilar qurultoyi

Mening yurtim | Bitiruvchilarning ilk qurultoyi

Milliy | Barcha bitiruvchilar bir manzilda

Toshkent | Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari qurultoyi

Toshkent | На съезде выпускников

Yoshlar | Bitiruvchilar qurultoyi

Uza.uz | Uchinchi Renessans bunyodkorlari

Uza.uz | Строители третьего ренессанса

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi.

“Katta beshlik” fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar oxirgi to‘rt yilda 2 karra ko‘paydi.

Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti.

Endi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.

Yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.

Shuningdek, jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkaziladi.

Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.

Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” oʻrnatish vazifasi qoʻyildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi.

Tanlov natijasida har bir tumanda o‘ziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi.

“Turon” teatri tanlovi har yili maktab o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Bugun Ko‘ksaroyda ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal