Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.5K photos
1.18K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#davra_suhbati_

"YUKSAK MAʼNAVIYATLI ZAMONAVIY QIZLAR ODOBI"

Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Qizlar ovozi" klubidagi barcha qizlar bilan birga davra suhbati olib borildi.

Suhbat davomida qizlarga odob-axloq, muomala madaniyati hamda o'qishda bo'lgan qiziqishlariga ham to'xtalib o'tildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
#Davra_suhbati
#Янги_Ўзбекистон_университети

MASSACHUSETS TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA 10 YIL DAVOMIDA VITSE-PREZIDENT BO’LGAN SANJAY SARMA O’ZBEKISTONDA!

📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

⚡️Sizni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Massachusets Texnologiya instituti (MIT) ning sobiq vitse-prezidenti Sanjay Sarma bilan bo'lib o'tadigan davra suhbatiga taklif etamiz!

Ma'lumot uchun, Massachusets Texnologiya instituti 2012-yildan buyon o'z yo'nalishida dunyo reytinglarida 1-o'rinni egallab kelayotgan nufuzli ta'lim dargohi hisoblanadi. Sanjay Sarma mazkur oliygohni 10 yil davomida vitse-prezident sifatida faoliyat yuritgan.

❗️Davra suhbatida O'zbekistondagi olimlar hamda soha mutaxassislarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Vaqti: 4-avgust soat 10:00 da
🌏Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti
📞Ro'yxatdan o'tish uchun: 97 932 75 75

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#moliyaviy_savodxonlik
#davra_suhbati

⚡️AGENTLIKDA DAVLAT XARIDLARIGA OID DAVRA SUHBATI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasi bilan hamkorlikda davlat xaridlariga oid soha qonunchiligi, tizimning nazariy va amaliy asoslariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Agentlikning Moliya-iqtisod boshqarmasi, Buxgalteriya hisob bo‘limi mutaxassislari, tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning direktor va tegishli xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat xaridining mohiyati, maqsadi va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari e’tiboriga davlat xaridlari tizimida savdolarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha taqdimot havola etildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM