Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.91K links
Download Telegram
#may_eco_taqdimotlar_oyligi

Biz davom etyapmiz. Hozirda ekologik muammolar butun dunyoda eng dolzarb hisoblanadi. Maktabimizning eng faol va izlanuvchan o'quvchilari "Do'stim bilan tabiatni asrayman" mavzusida rasm chizib, taqdimotlar qilishdi.

Bu taqdimotlarning ingliz tilida olib borilayotgani o'quvchilarda til ko'nikmalarini rivojlanishiga yordam beradi.

Ekologik toza muhitni birga yaratamiz!!!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Buxoro shahar Prezident maktabida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning sevimli rafiqasi, shoira, adabiyotshunos olima Nazira as-Salom va maktab o'quvchilari o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni Buxoro viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi Shodmon Sulaymonov hamda Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Azimova M.S. olib borishdi. Shuningdek, tadbirda Buxorolik shoir Tilak Jo'raning ham farzand, ham izdoshi Orif Jo'ra ham ishtirok etdi. Suhbat davomida o'quvchilar shoir Muhammad Yusuf hayotiga oid kitoblarda qayd etilmagan chizgilar bilan yaqindan tanishdilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har safar may oyida Jizzaxdagi litseyda o‘qigan yillarim, u yerdagi so‘nggi qo‘ng‘iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshiyevani ko‘rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga yetdim – jonajon litseyimga bordim, ustozim bilan ko‘rishdim.

Rosa sog‘ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda o‘qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo‘ldim. Eng shirin xotiralarim uyg‘ondi.

Hayotda o‘z o‘rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko‘rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi.

-

Конец мая всегда на меня навевает воспоминания о лицее в родном Джизаке, о «Последнем звонке», и хочется снова увидеть моего любимого куратора Зухру Зиятовну Яхшиеву. И в этом году мне это удалось.

Мы встретились и тепло пообщались, вспомнили наши лицейские годы, посмотрели архивные фотографии и даже сходили в бывший лицей, который теперь стал школой. Было приятно вернуться в эти стены, полные воспоминаний.

Эта встреча напомнила мне, как важно поддерживать общение с людьми, которые сыграли значимую роль в нашей жизни, и как ценно делиться с ними радостными моментами и переживаниями.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

 
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 
🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

🔅 Mazkur xalqaro olimpiada 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etiladi.

🔸 Ushbu olimpiadada matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan.

🔸 Bundan tashqari, yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida qo‘shni mamlakatlar Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Ozarbayjon terma jamoalarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.

🔸 Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 4 tadan masala berilib, har bir masala 10 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Jami ikki tur uchun maksimal ball 80 ballni tashkil qiladi.

🔸 Xalqaro olimpiada yakunida g‘oliblar aniqlanadi va olimpiada g‘oliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplomlar topshiriladi.

🔸 Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 2008-yil 27-dekabr va undan keyin tug‘ilgan o‘zbekistonlik ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafar o‘quvchilar xalqaro 28-O‘smirlar o‘rtasida Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal