Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.5K photos
1.19K videos
49 files
3.95K links
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

ILK BOR: SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING


⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilmoqda.

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir dastavval Buxoro, Namangan, Jizzax shahridagi Prezident maktablari mezbonligida tashkil etildi.

Ularda mezbon taʼlim maskanlari bilan birgalikda Andijon, Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Festival doirasida sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar o’tkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shu kabi turli madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlarini oʻz ichiga olgan festival chinakam doʻstlik bayramiga aylanib ketdi.

Joriy yilning 5-mayida “Spirituality, Sport, Science, Socializing” festivali Termiz, Xiva, Nurafshon shahridagi Prezident maktablari mezbonligida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Smart coding-2024" olimpiadasida gʻolib boʻldi.

Qarshi, Termiz, Guliston, Xiva shahridagi Prezident maktablari pedagoglari ishtirokida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Malayziyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Jasurbek Bekniyazov "Education USA Academy Connects" onlayn yozgi tayyorlov dasturi yo‘llanmasini
qo‘lga kiritdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "School Workshop-2024" koʻrgazmasi
oʻtkazildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligiga bagʻishlangan tanlov
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktabi, Olmazor, Sergeli, Chinoz, Oʻrta Chirchiq, Boʻka, Koson, Shahrisabz tumanlari, Qoʻqon, Navoiy, Guliston shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi.

Chiroqchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Qoʻshtepa tuman
ixtisoslashtirilgan maktabi, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Kattaqoʻrgʻon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Shumanay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida hududdagi umumtaʼlim maktablaridagi bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarligini aniqlash maqsadida test sinovlari
tashkil etildi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Koreya Ta'lim markazi vakillari
tashrif buyurdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Attestatsiya_2024
#jarayon

🤩SINOV JARAYONLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA

Buxoro viloyatida o‘tayotgan attestatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

30-aprel kuni pedagoglar fizika va kimyo fanlari yo‘nalishi bo‘yicha malaka test sinovlarida ishtirok etismoqda.

Sinov jarayonlari nihoyatda shaffof tashkil etilganligi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada kuchaytirdi, 88 ball bilan oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdim, -deydi Buxoro tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi Anora Jumayeva. – Savollar darajasi ham u qadar murakkab emas, ayni fizika fani o‘qituvchisi bilishi lozim bo‘lgan savollardan tarkib topgan. Jarayonda shunday xulosaga keldimki, o‘qituvchi hamisha o‘z ustida tinimsiz ishlashi, izlanishi lozim. Shundagina, jamiyatda o‘z o‘rni va o‘quvchilari oldida hurmat-e’tiborga sazovor bo‘la oladi.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi O’ralov Mirzakarim IELTS dan 7,5 ballni qo’lga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#эътироф
❇️FAN OLIMPIADALARI GʻOLIBLARI BO‘LGAN BILIMDONLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

🔹Buxoro viloyatidagi Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari joriy o‘quv yilida o‘tkazilgan fan olimpiadalarida faol ishtirok etishdi.

🔹Jumladan, STEM fanlari va o‘quvchi-qizlar o‘rtasidagi matematika fan olimpiadasida o‘quvchilarimizning 95 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

🔹Bugun, 30-aprel kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasilda ushbu g‘olib o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hidoyat Rahmonova ishtirok etib, o‘quvchilar va ularning ustozlarini tabrikladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#may_eco_taqdimotlar_oyligi

Buxoro shahridagi Prezident maktabida "May-eco-taqdimotlar oyligi" deb e'lon qilindi. Vatanimizning ekologik muammollari haqida ma'lumot berish, ularni yechish uchun takliflar kiritish maqsadida maktabimiz o'quvchilari shu mavzuga oid eco-taqdimotlar tayyorlashni boshlashdi. Bugun ushbu taqdimotlarning ilk namunalari 7-sinf o'quvchilari tomonidan amalga oshirildi.
Biz Vatanimizni sevamiz va uning ekologik muammolariga befarq emasmiz! Ecologik toza muhitni birga yaratamiz!!!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram