Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.63K subscribers
16.2K photos
1.34K videos
52 files
4.45K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlar orasida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotovaning borligi, ayniqsa, quvonarli.

Shu o‘rinda alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda Agentligimiz tizimida 4 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama yetuk va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning 30 mingga yaqini o‘quvchi qizlardir.

Ular orasida mamlakatimiz va xorijning nufuzli universitetlari ta’lim grantlariga sazovor bo‘lgan, xalqaro va milliy olimpiadalar hamda dasturlarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan zukko qizlarmiz borligi bizga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
4
Forwarded from Zakovat: Buxoro
📋"Zakovat intellektual klubi" NNT Buxoro viloyat bo'limi va Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashabbusi bilan Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'qituvchilar o'rtasida Zakovat turniri bo'lib o'tdi.

📊Yakuniy natijalarga ko'ra sovrinli o'rinlarni quyidagi jamoalar qo'lga kiritdi.

🥇1-O'rin:"Buxoro shahar PM"
🥈2-O'rin:"G'ijduvon tuman IM"
🥉3-O'rin:"Peshku tuman IM"


🏆G'olib jamoalar qimmatbaho sovga'alar bilan taqdirlandi!

Ushbu turnirni o'tkazishda ko'rsatgan tashabbusi va amaliy yordami uchun Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi masullariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Telegram | Facebook | Instagram |TikTok‌‌
👏74👍1🎉1
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#SAT

Buxoro shahridagi Prezident maktabida navbatdagi SAT imtihoni bo’lib o’tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍8😍1
#Buxoro_Prezident_maktabi

“MILLIY QADRIYATLAR VA G’URUR KUNI”

O'quvchi-yoshlarda milliy o'zlikni anglash, milliy qadriyatlar va an'analar hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmat va ehtiromda bo'lish tuyg'ularini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 10-mart kunida:
1. "Hashar-elga yarashar" shiori ostida o'quv binosi va o'quvchilar turar joylarida tozalik ishlari;
2. "Yashil makon" loyihasi asosida ko'chatlar o'tkazish;
3.Milliy qadriyatlarga hurmat namunasi sifatida turli xalq o'yinlari va laparlarini kuylash;
4."Milliy qadriyatlar va g'urur kuni" munosabati bilan o'zbek milliy taomlari asosida to'kis dasturxon yozildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍12😍3💯21🎉1